O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-bob. SEMAFORLARNI QO’LLASH TARTIBI 411.
"Ketma-ket - ikkinchi poezd" deb qayd etiladi. Bunday qaydlar mavjud bo’lsa,
lokomotivlarning mashinistlari peregon bo’ylab ushbu Yo’riqnomaning 400-bandiga muvofiq chiqariladigan DATK boshqaruvi raisining buyrug’ida belgilangan tezliklar bilan harakatlanadilar. 409. Elektr jezl tizimi bilan jihozlangan peregonlarda poezd dispetcherining buyrug’iga ko’ra poezdlar vaqtni taqsimlab jo’natilganda, stansiya navbatchisi qabul qilish stansiyasining roziligini oladi va apparatdan jezlni chiqarib, uning "Bilet" deb yozilgan qismini birinchi jo’natilayotgan poezd mashinistiga, "Jezl" deb yozilgan ikkinchi qismini esa ketma-ket boradigan poezd mashinistiga berishi shart. 1 - va 2 - poezdlarning jo’natilgani xaqida stansiya navbatchisi qo’shni stansiya navbatchisini xabardor qiladi. Ikkinchi poezd biron sababga ko’ra jo’natilmay qolsa, jezl tizimining faoliyati to’xtatiladi va poezdlar harakati telefon aloqasi orqali o’rnatiladi. Bunday holatda jezlning bir qismi dastlabki jo’nab ketayotgan poezd bilan qo’shni stansiyaga jo’natiladi, u yerda ikkinchi qismi bilan burab biriktiriladi va jezl apparatiga solinadi. Shundan so’ng jezl tizimi faoliyati tiklanadi. 410. Elektr jezl tizimida poezdlar vaqtni taqsimlab jo’natilganda, ikkinchi poezd peregondan jo’natish stansiyasiga qaytadigan bo’lsa, birinchi poezdga jezl, ikkinchisiga - jezl- kalit taqdim etiladi. Qo’shni stansiya navbatchisi birinchi hamda ikkinchi poezdlarning jo’natilgani, shuningdek, ikkinchi poezd peregondan ortiga qaytishi to’g’risida xabardor qilinadi. Bunday holatda ikkala poezdning mashinistlariga quyidagi ogohlantirishlar beriladi: birinchi poezdga - undan keyin ketma-ket peregondan ortiga qaytadigan ikkinchi poezd jo’natilishi to’g’risida, ikkinchi poezdga - vaqtni taqsimlab jo’natilgani va peregondan qaytish vaqti to’g’risida. 15-bob. SEMAFORLARNI QO’LLASH TARTIBI 411. Kirish, chiqish, o’tish va to’sish semaforlarini doimiy signallar sifatida faqat avtomatik blokirovka bilan jihozlanmagan va strelkalari elektr markazlashtirilmagan stansiyalarda qo’llash ruxsat etiladi. Texnikaviy Foydalanish Qoidalarida doimiy signallar uchun ko’zda tutilgan umumiy talablar asosida semaforlarni o’rnatish joyi aniqlanadi. 412. Semafor machtadan va o’tish yuqori qismida o’rnatilgan, machtaga nisbatan gorizontal yoki yuqoriga 135 0 burchak ostida ko’tarilgan holatni egallashi mumkin bo’lgan qanotdan iborat. Qanotning gorizontal holati semaforni taqiq ko’rsatmasiga, yuqoriga ko’tarilgani esa - ruxsat ko’rsatmasiga mos keladi. Kechasi semafor qanotining holati (gorizontal yoki ko’tarilgani) tegishli signal chiroqlari bilan ko’rsatiladi. 413. Zarur holatlarda ikki qanotli semaforlar qo’llanilishi mumkin. Semaforning ikkinchi qanoti machtaga nisbatan normal o’rnatiladi. 414. Bir qanotli semaforlar bilan quyidagi signallar beriladi: a) "Yo’l ochiq" - kunduzi oq rangda 135 0 ga ko’tarilgan qanot, kechasi esa - bitta yashil chiroq (1-rasm). Bu taxlit stansiyada to’xtashga tayyor poezd asosiy yo’lga qabul qilinganda kirish semaforlari, shuningdek, chiqish, o’tish va to’sish semaforlari signal beradi; b) "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi" - kunduzi semafor qanotining gorizontal holati, kechasi - qizil chiroq (2-rasm). Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling