O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-bob. 1 KLASS XAVFLI YUKLAR (VM) ORTILGAN VAGONLARI BOR POEZDLAR BILAN MANYOVR ISHLARINI AMALGA OSHIRISH, TUZISH VA O’TKAZISH TARTIBI
- "O’ta xavfli, VM №___", "To’siq"
- "VM", "To’siq"
5-rasm
420. Semafor tortgichining uzilishida semafor qanoti avtomatik holda taqiqlovchi (gorizontal) holatga o’tishi kerak. 421. Semaforlardagi signal priborlarini yoritish tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi. (421-band “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil 27 yanvardan 1/6-7- 02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi). 16-bob. 1 KLASS XAVFLI YUKLAR (VM) ORTILGAN VAGONLARI BOR POEZDLAR BILAN MANYOVR ISHLARINI AMALGA OSHIRISH, TUZISH VA O’TKAZISH TARTIBI UMUMIY QOIDALAR 422. Portlovchi moddalar (keyinchalik VM (vzrivchatie materiali)) ortilgan vagonlar bilan poezd va manyovr ishlarini amalga oshirish uchun tashish hujjatlarida mavjud ma'lumotlardan foydalaniladi. VM ortilgan vagonlarning hujjatlarida "Yuk nomi" ustunchasida bu yuk nomi yoki uning shartli nomeri ko’rsatiladi. VM yukli vagonlar tashish hujjatlariga shtempellar qo’yiladi, jumladan: a) 119, 126, 137, 141, 179, 182 shartli nomerli VM larni tashishda - qizil rangli "O’ta xavfli, VM №___", "To’siq", shtempellari, shuningdek "Tepachadan tushirilmasin" shtempeli. "O’ta xavfli, VM №___" shtempeli asosida ushbu Yo’riqnomaning 5-ilovasi 2- ustunchasiga muvofiq to’siq me'yori belgilanadi. b) qolgan VM larni tashishda - qizil rangli "VM", "To’siq" shtempellari, shuningdek, "Tepachadan tushirilmasin" shtempeli, ushbu talab temir yo’llar bo’ylab xavfli yuklarni tashish qoidalarida mavjud bo’lsa. Bundan tashqari, quyidagi qo’shimcha shtempellar qo’yillishi mumkin: "Seksiya. Ajratilmasin"; "Zaharli"; "Mutaxassis kuzatuvida"; "T. y. qo’riqchiligi" va boshqalar. "VM" shtempeli qo’lda yoziladigan tashilayotgan yuk shartli nomeri bilan to’ldirilishi kerak, "To’siq" shtempeli esa "3.6.6 band bo’yicha, sxema A" yoki "3.6.6 band bo’yicha, sxema B" qaydi bilan to’ldiriladi va uning asosida to’sish me'yori o’rnatiladi (muvofiq ravishda, ushbu Yo’riqnoma 5-ilovasi 2 va 3-ustunchalari). 423. GU-38 shaklidagi vagon varag’ida "To’siq kodi" ustunchasida 115, 119, 121, 126, 128, 130, 134, 137, 141, 143, 148, 154, 155, 156, 167, 168, 176, 179, 182, 199 shartli nomerlar ostidagi VM li vagonlar uchun 9 kodi ko’rsatiladi, boshqa VM li vagonlar uchun 3 kodi ko’rsatiladi. Bunda 9 to’sish kodiga ega VM li vagonlar uchun "Nogabaritlik, jonivorlar, DB, NG" 7 kodi ko’rsatiladi (tepachadan tushirilmaydigan vagonlar). 424. Barcha saralash, uchastka, yuk ortish, vagonlarni bir izdan boshqasiga o’tkazish stansiyalarida, zarur bo’lsa boshqa stasiyalarda ham stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktiga ilova sifatida DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan tasdiqlanadigan, xavfli yuk (VM) ortilgan vagonlar bilan ishlash to’g’risidagi Yo’riqnoma ishlab chiqilishi lozim. Ushbu Yo’riqnoma temir yo’llar bo’ylab xavfli yuklarni tashish qoidalarida keltirilgan talablarga muvofiq kelishi kerak. (424-bandning 1-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil 27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi). VM vagonli poezdlar va alohida VM li vagonlar xaqida ma'lumotlarni, bunday poezd va vagonlarga xizmat ko’rsatishda qatnashmaydigan shaxslarga taqdim etish taqiqlanadi. VM li vagonlar bilan ish bajarilayotgani xaqida xabar uzatish uchun temir yo’l stansiyasining park aloqasidan foydalanishga faqat aloqaning boshqa turlari bo’lmaganda ruxsat etiladi. 425. Stansiyadagi poezdlardan tashqari VM ortilgan vagonlar, saralash parklari yo’larida yig’ilayotgan vagonlar bundan mustasno, stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida turishi eng xavfsiz deb ko’rsatilgan alohida yo’llarda turishi kerak. Bunday vagonlar tirkalgan bo’lishi, ketib qolishdan ishonchli mahkamlanishi va ko’chiriladigan to’xtash signallari bilan to’silishi shart. Bunday vagonlar turgan yo’lga boradigan strelkalar bunday yo’llarga biron harakat birligi kirib ketmaydigan holatga o’rnatiladi va berkitiladi. Bunday strelkalarni berkitish va kalitlarni saqlash tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi. Qorovul naryadlari yoki yuk jo’natuvchi (yuk qabul qiluvchi) mutaxassislari tomonidan kuzatib borilayotgan vagonlar o’sha yoki yondosh yo’lga o’zlari kuzatib borayotgan VM ortilgan vagonlardan ko’pi bilan 50 metr masofada qo’yiladi. VM ortilagan vagonlarni stansiya yo’llarida mahkamlanishi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan tartibda va me'yorlar bo’yicha amalga oshiriladi. 426. VM ortilgan vagonlar poezdlarda va manyovrlar amalga oshrilayotganda, shuningdek, korxona va tashkilotlarning shahobcha yo’llariga qo’yilganda (olinganda) ushbu Yo’riqnrmaning 5-Ilovasida ko’zda tutilgan me'yorlarga binoan to’siqqa ega bo’lishlari kerak. VM ortilgan vagonlar harakatlanayotgan poezdlarda to’siq sifatida bo’sh vagonlar yoki xavfli bo’lmagan yuklar ortilgan vagonlar qo’yillishi kerak. Bo’sh vagonlar yuk va axlat qoldiqlaridan tozalangan bo’lishi, lyuk va eshiklari yopilgan bo’lishi kerak. Bo’sh sisternalar yuk qoldiqlaridan tozalangan bo’lishi, lyuk qopqoqlari berkitilgan bo’lishi kerak. To’siq sifatida maxsus sisternalarni, shuningdek, xavfli yuklarni tashishga mo’ljallangan maxsus sisternalarni foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Ortilgan va bo’sh platformalar (shu jumladan ushbu Yo’riqnomaning 5-ilovasi 10-bandida ko’rsatilganlari ham), shuningdek transportyorlar to’siq sifatida qo’yiladi, ammo VM ortilgan vagonga bevosita birinchi bo’lib ulaniishi mumkin emas. 427. Xavfli yuklarni (VM) ortish uchun vagonlarni berishdan oldin manyovr dispetcheri (stansiya navbatchisi) stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida aniqlangan tartibda, VU-14 shaklidagi jurnal bo’yicha vagonlar ko’rikdan o’tganligiga va xavfli yuklarni (VM) tashish qoidalari talablariga muvofiq texnikaviy jihatdan soz deb topilganiga ishonch hosil qilishi lozim. 428. VM ortilgan vagonlarni yuk tushirish yoki jo’natish uchun qabul qiladigan shahobcha yo’llarga xizmat ko’rsatish to’g’risidagi mahalliy Yo’riqnomalarda bunday vagonlarni qo’yish va olish marshrutlari, shunday vagonlari bor manyovr tarkiblarining harakat tezligi, pereezdlardan o’tish va marshrutlarni muhofazalash tartibi, shuningdek, xavfsizlikni ta'minlashning boshqa choralari belgilanishi lozim. Arsenal, baza va omborlarning shahobcha yo’llariga xavfli yuklar (VM) ortilgan vagonlarni qo’yish (olish) qoida bo’yicha, suyuq yoqilg’idagi teplovoz yoki parovoz yordamida amalga oshirilishi kerak. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling