O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
-bob. STANSIYALARDA SSB QURILMALARINING ME’YORIY FAOLIYATI
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
13-bob. STANSIYALARDA SSB QURILMALARINING ME’YORIY FAOLIYATI
BUZILGAN HOLLARDA POEZDLARNI QABUL QILISH, JO’NATISH VA MANYOVR ISHLARINI BAJARISH TARTIBI 381. SSB nazorat asboblaridagi ko’rsatmalarning me'yordan og’ishi kuzatilganda stansiya navbatchisi, avvalo, ushbu holat quyidagilar oqibati emasligini tekshirishi kerak: a) vagonning ketib qolishi, harakat birliklarining o’z-o’zidan yurib chiqishi, strelka kesilish, harakat tarkibining yo’ldan tushishi; b) o’zining yoki boshqa xodimlarning noto’g’ri harakatlari. Bunda qo’shimcha ravishda yana quyidagilarni tekshirishi lozim: qabul qilish yo’li (birinchi uzoqlashuv blok-uchastkasi) va poezd taxmin etilayotgan yo’nalishi bo’yicha chegaralangan marshrut uchastkalarining xaqiqatdan ham bo’sh ekanligini; marshrutga kiruvchi barcha, shu jumladan, muhofazalovchi strelkalarning nazorat holati mavjudligini, hamda ularning to’g’ri o’rnatilganligini; talab qilingan marshrutga kiruvchi yo’l va strelkalar boshqa marshrutlarga kirib qolmaganligini; apparatdan jezl-kalit olib qiyo’lmaganligini va u apparatga to’g’ri o’rnatilganligini; stansiya hududida joylashgan perezdda to’suvchi svetofor yoki poezdlar tarkiblari va h.z. ning markazlashtirilgan to’siq signalining yoniq qolmaganligini, bunda asboblar ishida paydo bo’lgan buzilishlar turiga qaraladi; tayyorlangan marshrutning poezd yo’nalishi marshruti va o’rnatilgan blokirovka yo’nalishiga mos kelishini; SSB qurilmalaridan foydalanilganda boshqa xatolarga yo’l qiyilmaganligini. 382. SSB qurilmalaridagi nosozlikni aniqlagandan so’ng stansiya navbatchisi darhol ko’rik jurnalida buni qayd etishi va elektormexanikka (aloqa va signalizatsiya distansiyasi navbatchi muhandisiga) va zaruriyat tug’ilsa, boshqa tegishli xizmat xodimlariga xabar berishi kerak. Agar svetoforlar avtoharakatda bo’lgan bo’lsalar - avtoharakatni o’chirish kerak. Shundan so’ng, to nosozlik bartaraf etilib, qurilmalar faoliyati tegishli tartibda tekshirilib, SSB elektromexanigi va dahldor xizmatlar xodimlari ko’rik jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritgunlaricha, stansiya navbatchisiga, poezd holatidan qat’iy nazar, nosoz asboblaridan foydalanish (kirish, chiqish, marshrut va manyovr svetoforlarini ochish, sterlkalarni o’tkazish, nosoz asboblarning nazorat ko’rsatmalariga asoslanib harakat tarkibini o’tkazish) man etiladi, shuningdek, ushbu yozuvlar kiritilgunga qadar ajratilgan seksiyalarning bo’sh yoki bandligi nazorati, markazlashtirilgan strelkalar holati qayta tiklanganda yoki boshqaruv pultining ko’rsatmalarida boshqa o’zgarishlar sodir bo’lganda ham. Agar SSB qurilmalari nosozligi taklif etish signali knopkasidagi plombani uzish zarurati bilan bog’liq bo’lsa, ko’rik jurnalida qayd etilayotgan yozuvda taklif etish signali plombasini uzish xaqidagi ma'lumot ko’rsatiladi, masalan: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling