O’zgaruvchan tok qonunlari


Download 142.2 Kb.
bet6/12
Sana17.06.2023
Hajmi142.2 Kb.
#1553246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’zgaruvchan tok qonunlari

Kirxgof qonunlari
Elektr zanjir tok manbalari va o'tkazgichlar majmuasidan tashkil topadi. Umumiy holatda elektr zanjir tarmoqlanmagan (murakkab) bo'lsa, unda tugunlar mavjud bo'ladi. Tarmoqlangan zanjirda kamida ikkita o'tkazgich ~ birlashadigan nuqtaga tugun deb aytiladi.

Eng sodda elektr zanjirlarida tok kuchini hisoblashda Om qonunidan foydalaniladi.
Murakkab c1ektr zanjirlarida tokni hisoblashda Kirxgof qonunlari qo'llaniladi.
Kirxgofning birinchi qonuni tarmoqlanish tuguniga (nuqtaga) kirayotgan toklar va tugundan chiqayotgan toklar o'rtasida bog'lanishni aniqJaydi. Tarmoqlanish nuqtasi o'lchamga ega emas. Shuning uchun unda zaryad miqdori to'planmaydi.
Zaryadlarning saqlanish qonuniga asosan quyidagi xulosa kelib chiqadi: tarmoqlanish tuguniga (nuqtasiga) kirayotgan toklar yig'indisi, shu tugundan chiqayotgan toklar yig'indisiga tcng. Kirxgofning 1 qonunini quyidagicha ta'riflashimiz ham mumkin: har qanday zanjirning tarmoqlanish tugunida (nuqtasida) toklarning algebraik yig’indisi nolga teng.
Agar tarmoqlanish tuguniga (nuqtaga) kirayotgan tok kuchini musbat, undan chiqayotgan tok kuchini manfiy deb qabul qilsak, unda zanjir uchun quyidagi munosabatni yozamiz:

n ta o'tkazgichni birlashtiruvchi ixtiyoriy tarmoqlanish tuguni (nuqtasi) uchun Kirxgofning birinchi qonuni quyidagi ko'rinishda yoziladi:

Kirxgofning ikkinchi qonunini umumiy ko'rinishda energiyaning saq/anish qonunidan keltirib chiqarishimiz mumkin.
Energiyaning saqlanish qonuni quyidagicha ta'riflanadi: ya'ni izolyatsiyalangan sistemaning barcha energiyalari 0 (zgarishi yig (indisi nolga teng:

Agar cncrgiyaning (har bir tarkibiy qismi uchun) o'z.garishi bajarilgan ishga teng bo'lsa,

unda izolyatsiyalangan sistemada barcha ishlarning algebraik yig'indisi nolga teng bo'ladi:

Agar tok manbalarini clcktr zanjir o'tkazgichlarini va atrofmuhitni izolyatsiyalangan sistema deb qabul qilsak, unda energiyaning saqlanish qonuniga asosan har qanday elektr zanjirda maydon bajarayotgan ishlar va unga qarshi bajarilayotgan ishlar yig'indisi nolga tcng bo'ladi.
O'zgannas tokda clcktr zanjir bo'yicha birlik zaryadni ko'chirishda bajarilgan ish kuchlanishning har xiI tabiati bilan aniqlanadi. Shuning uchun, Kirxgof qonunini quyidagicha ta'riflashimiz mumkin: o'zgarmas tok elektr zanjirlarida har xii tabiatli maydon kuch Ian ish larining algebraik yig'indisi nolga teng bo'ladi.
Elektr zanjirlarida faqat elektr kuchlanish, qarshiJikdagi kuchlanish va elektr yurituvchi kuch (tashqi maydon kuchlanishi) mavjud bo'ladi. Kirxgofning ikkinchi qonuni umumiy ko'rinishini quyidagicha yozishimiz mumkin:

bunda: U, - i indeksi bilan belgilangan zanjir qismidagi kuchlanish, Uk - qarshilikdagi kuchlanish, ek - zanjir qismidagi E.Yu.K, n - yopiq zanjiming alohida qismlari soni.
Unda yopiq konturlar uchun elektr kuchlanishlaming yig'indisi nolga teng bo'ladi:

Yopiq konturlar uchun quyidagi ko'rinishda yoziladi:

Agar Uk =-IkRk hisobga oisak, unda quyidagini hosil qilamiz:

Kirxgofning ikkinchi qonuni quyidagicha ta'riflanadi: Har qanday yopiq kontur uchun elektr yurituvchi kuchlarning algebraik yig {indisi zanjir qismlarining qarshiligini undagi tok kuchiga ko 'paytmasining a/gebraik yig'indisiga teng bo’ladi.
Yuqoridagi tenglamani tuzish uchun konturning aylanib o'tish yo'nalishini (soat strelkasi harakati bo'yicha yoki unga qarama-qarshi YO'nalishda) shartlashib olish kerak. Barcha toklar (Ik)ning yo'nalishi, kontuming aylanib o'tish yo'nalishi bilan mos tushsa, unda war musbat toklar deb hisoblanadi.
Agar ular bosil qilayotgan tok yo'nalishi kontuming aylanib o'tish yo'nalishi bilan mos tushsa elektr kontuming har xiI qismlariga (joylariga) kiritilgan tok manbalari E.Yu.K. (£" ) musbat deb hisoblanadi.
Masalan, quyida berilgan rasmda ko'rsatilgan ARDE konturda, soat strelkasi harakati bo'yicha kontumi aylanib o'tishda tenglama quyidagi ko'rinisbda yoziladi:




Download 142.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling