Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-BO‘LIM. SUT VA SUT MAHSULOTLARINING SIFAT EKSPERTIZASI
- Sutlarning sifat ekspertizasi
- Sutlarning fizik-kimyoviy xossalari.
Test 10
Savol: Quyidagi javoblardan qaysi birida mol yog‘ining yod soni (g/100 g) to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Javoblar: 1. 25-30. 2. 33-47. 3. 50-65. 4. 66-90. 5. 90-110. Test 11 Savol: Quyidagi yog‘larning qaysi birida to‘yinmagan yog‘ kislotalarining hissasi 50 % dan ko‘proqni tashkil etadi? Javoblar: 1. Mol yog‘ida. 2. Cho‘chqa yog‘ida. 3. Qo‘y yog‘ida. 4. Kit yog‘ida. 5. To‘g‘ri javob yo‘q. Test 12 Savol: Ovqatga ishlatiladigan margarinlardan ajratib olingan yog‘larning suyuqlanish temperaturasi necha gradusni tashkil etadi? Javoblar: 1. 27-32 0 S ni. 2. 34-38 0 S ni. 3. 38-42 0 S ni. 4. 20-26 0 S ni. 5. To‘g‘ri javob yo‘q. Test 13 Savol: Margarinlarning nordonligi necha Kettostofer gradusidan ortiq bo‘lmasligi kerak? Javoblar: 1. 1 0 K dan. 2. 2,5 0 K dan. 3. 4,0 0 K dan. 4. 5,0 0 K dan. 5. 6,5 0 K dan. Test 14 Savol: Xo‘raki margarinlar tarkibida yog‘ miqdori necha foizdan kam bo‘lmasligi kerak? Javoblar: 1. 60 foizdan. 2. 65 foizdan. www.sies.uz Page 195 of 306 196 3. 70 foizdan. 4. 82 foizdan: 5. 90 foizdan. Test 15 Savol: Standart talabi bo‘yicha mol yog‘ining oliy navida kislota soni necha mg KON dan ortiq bo‘lmasligi kerak? Javoblar: 1. 0,2 mg KON dan. 2. 0,5 mg KON dan. 3. 0,8 mg KON dan. 4. 1,1 mg KON dan. 5. 2,1 mg KON dan. www.sies.uz Page 196 of 306 197 6-BO‘LIM. SUT VA SUT MAHSULOTLARINING SIFAT EKSPERTIZASI Respublikamiz sut sanoati ilg‘or texnologiya bilan jihozlangan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bu tarmoq tizimiga sut, achitilgan sut mahsulotlari, qaymoq, sariyog‘, pishloq, sut konservalari ishlab chiqariladigan korxonalar kiradi. Sut va sut mahsulotlari aholining eng noyob ozuqaviy modda oqsilga bo‘lgan talabini qondirishda, iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari strukturasini yaxshilashda muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli sut va sut mahsulotlarining sifatini oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Sutlarning sifat ekspertizasi Sut-sut emizuvchi hayvonlarning sut bezlarining faoliyati natijasida hosil bo‘lib, o‘ziga xos hidga va sal shirinroq ta’mga ega bo‘lgan suyuqlikdir. Hayvon organizmida sutning hosil bo‘lishi yemish tarkibidan ozuqaviy moddalarning chuqur va murakkab o‘zgarishi va sut bezlari xujayralarida moddalarning yangidan sintez bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. Sutning tarkibida inson organizmining normal rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan oqsil, yog‘, sut shakari, mineral tuzlar, suv, organik kislotalar, vitaminlar, fermentlar mavjuddir. Sutlarning kimyoviy tarkibi fizik-kimyoviy xossalariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sutlarning fizik-kimyoviy xossalari. Sutning asosiy fizik-kimyoviy xossalariga zichligi, yopishqoqligi, osmatik bosimi, muzlash va qaynash temperaturasi, elektr o‘tkazuvchanligi, umumiy nordonligi va rN ko‘rsatkichlari kiradi. Sutning zichligi - bu 20 0 S haroratda ma’lum hajmdagi sut massasining 4 0 S haroratdagi shu hajmdagi suv massasiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikdir. Sutning zichligi uning tarkibidagi quruq moddalarga bog‘liq bo‘ladi. Sutlarga suv qo‘shilganda ularning zichligi kamayadi, sut yog‘sizlantirilganda esa zichligi ortadi. Sigir sutining zichligi 1,027 dan 1,032 g/sm 3 gacha oraliqda bo‘lib, o‘rtacha 1,029-1,030 g/sm 3 ni tashkil etadi. Sutning zichligini aniqlab, unga suv qo‘shilgan yoki qo‘shilmaganligi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Sutning yopishqoqligi 20 0 S haroratda o‘rtacha 1,75 Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling