Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
-jadval Achitilgan qaymoqlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tvorog (suzma).
20-jadval
Achitilgan qaymoqlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari Achitilgan qaymoqning nomi Miqdori, % dan kam bo‘lmasligi kerak Nordonligi, 0 T dan ko‘p bo‘lmasligi kerak Parhezbop Krestyanskiy: 14% yog‘lilik 18% yog‘lilik Oshxonabop: 25% yog‘lilikdagi achitilgan qaymoq 30% yog‘lilikdagi achitilgan qaymoq: oliy nav 1-nav Yuqori yog‘lilikdagi achitilgan qaymoq Lyubitelskaya 10 14 18 20 25 30 30 36 40 7,8 7,6 7,4 7,3 6,5 6,4 6,4 5,9 5,8 75-95 65-120 65-100 65-100 65-100 65-90 60-110 60-90 55-85 Tvorog (suzma). Tvorog – bu oqsilli achitilgan sut mahsuloti bo‘lib, pasterizatsiya qilingan tabiiy yoki yog‘sizlantirilgan sutni ivitish natijasida hosil bo‘lgan quyqadan zardobini chiqarib yuborish natijasida olingan mahsulotdir. Pasterizatsiya qilingan sutdan olingan tvorogni to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilish mumkin, ammo pasterizatsiya qilinmagan sutdan tayyorlangan tvoroglar esa pishloqlar va issiqlik ishlovi berib tayyorlanadigan boshqa mahsulotlar uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Tarkibidagi yog‘ miqdoriga qarab tvoroglar yog‘li (18%), kam yog‘li (9%) va yog‘siz tvoroglarga bo‘linadi. Tvorog tarkibida sezilarli darajada yog‘ va ko‘p miqdorda oqsil (14-16%) bo‘lganligi uchun bu mahsulot yuqori energiya berish qobiliyatiga egadir. Tvorog oqsili tarkibida o‘rin almashtirmaydigan hamma aminokislotalar mavjud bo‘ladi. Tarkibida oltingugurt tutadigan aminokislotalardan metionin va lizin borligi uchun tvorog parhez va shifobaxshlik xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulot hisoblanadi. www.sies.uz Page 205 of 306 206 Tvorog kalsiy, fosfor, temir, magniy elementlari tuzlariga ham boy hisoblanadi. Ayniqsa kalsiy va fosfor tvorogda inson organizmi uchun tez hazm bo‘ladigan miqdoriy nisbattadir. Tvorog keksa yoshli kishilarga (yog‘sizi), shuningdek, o‘pka va suyak sili kasalliklariga, oshqozon-ichak, buyrak xastaliklariga duchor bo‘lgan kishilarga naf beradi. Sifati bo‘yicha yog‘li, kam yog‘li va yog‘siz tvoroglar oliy va 1-navlarga bo‘linadi. Tvorog yoqimli ivitilgan sut ta’mi va hidiga ega bo‘lishi, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Tvoroglarning konsistensiyasi mayin, bir xil bo‘lishi, yog‘li tvoroglar ozroq surkaluvchan, yog‘siz tvoroglar esa qumoq, ozroq zardobi ajralib turgan holda bo‘lishi mumkin. Birinchi nav tvoroglarda sezilar- sezilmas yem-xashak ta’mi, ozroq idish ta’mi kelib turishiga va ozroq achchiqlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Tvorogning rangi hamma massasida bir xil, oq rangdan to ozroq sarg‘ish ranggacha bo‘ladi. Tvoroglarning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga yog‘dan tashqari nordonligi ham kiradi. Yog‘li tvoroglarning nordonligi 200-225 0 T, kam yog‘i tvoroglarniki – 210 – 240 0 T, yog‘siz tvoroglarniki -220-270 0 T qilib belgilangan. Tvorog sotuvga tarozida tortib sotiladigan va qadoqlangan holda chiqariladi. Tvorogni idishlarga qadoqlashda pergament, podpergament va polimer materiallar, kartondan ishlangan stakanlardan foydalaniladi. Tortib sotiladigan tvoroglar esa yog‘och bochkalarga massasi 50 kg gacha, temir flyaglarga 35 kg gacha, alyumin bitonlarga 10 kg gacha qilib joylanib, ustidan pergament yopiladi va zich bekitilib, tamg‘alanadi. Tvorogning sovutiladigan xonalarda 0 0 dan 1 0 S gacha bo‘lgan sharoitda 10 kun, do‘konlarda esa 8 0 S dan ortiq bo‘lmagan haroratda 36 soatgacha saqlanishiga ruxsat etiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling