Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Achitilgan qaymoq (smetana)


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Achitilgan qaymoq (smetana). Achitilgan qaymoq (smetana) rus milliy 
mahsuloti hisoblanadi. Achitilgan qaymoq – bu shirin qaymoqni pasterizatsiyalab, 
unga sof sut kislotasi bakteriyalari tomizg‘ilari qo‘shib ivitish natijasida olingan 
mahsulotdir. Achitilgan qaymoq boshqa achitilgan sut mahsulotlaridan yuqori 
energiya berish qobiliyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Achitilgan qaymoq 
tayyorlash jarayonida oqsil tarkibida bo‘ladigan ijobiy o‘zgarishlar bu 
mahsulotning shirin qaymoqqa nisbatan organizmda tez va yaxshiroq hazm 
bo‘lishini ta’minlaydi. 
Achitilgan 
qaymoqlarning 
sifati 
organoleptik 
va 
fizik-kimyoviy 
ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Tegishli standartlar talabi bo‘yicha achitilgan 
qaymoqning konsistensiyasi bir xil, ma’lum darajada quyuq bo‘lishi kerak. 
Yog‘lilik darajasi 20, 25, 30% bo‘lgan achitilgan qaymoqlarning konsistensiyasi 
juda quyuq bo‘lmagan, ozroq yopishqoq bo‘lib, ma’lum darajada havo 
pufakchalari ajralib turilishiga yo‘l qo‘yiladi. Yog‘liligi 14% bo‘lgan achitilgan 
qaymoqlarda esa ozroq darajada oqsil quyqalari bo‘lishi mumkin. Yog‘liligi 40% 
bo‘lgan achitilgan qaymoqlarning konsistensiyasi esa zich bo‘lishi kerak. 
Achitilgan qaymoqlarning ta’mi va hidi yoqimli nordonroq, achitilgan 
mahsulotga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Yog‘lilik darajasi 
40% bo‘lgan achitilgan qaymoqdan boshqalarida ozroq darajada yem-xashak va 
idish ta’mi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Achitilgan qaymoqlarning rangi hamma 
qismlarida bir xil, oq rangdan to oq-krem ranggacha bo‘ladi. 
Achitilgan qaymoqlarda uchraydigan nuqsonlar ham sut va achitilgan sut 
mahsulotlarida uchraydigan nuqsonlardan deyarli farq qilmaydi.
www.sies.uz
Page 204 of 306 


205
Yuqorida 
qayd 
etganimizdek 
oziq 
– 
ovqat 
sanoatda 
xilma-xil 
assortimentdagi achitilgan qaymoqlar ishlab chiqariladi. Bularga Parhezbop
Oshxonabop, 25, 30 va 36% yog‘lilikdagi, Lyubitelskiy, Krestyanskiy kabi 
achitilgan qaymoqlar kiradi. Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular quyidagi 
20-jadval talablarga javob berishi kerak. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling