Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
-jadval Pishloqlarning sifatini baholashning 100-ballik tizimi
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
21-jadval
Pishloqlarning sifatini baholashning 100-ballik tizimi № p/p Ko‘rsatkichlar Ajartilgan eng katta ball 1. Hidi va ta’mi 45 2. Konsistensiyasi 25 3. Pishloqning g‘ovakligi (risunok) 10 4. Tashqi ko‘rinishi 10 5. Rangi 5 6. O‘rab va joylanishi 5 Jami 100 Bu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, pishloqlarning sifatini aniqlashda hidi va ta’miga alohida e’tibor beriladi va eng katta ball ajratiladi. Pishloqlarning organoleptik ko‘rsatkichlarining umumiy bali asosida ularni a’lo va 1-navlarga ajratiladi (22-jadval). 22-jadval Pishloqlarning navlari uchun ajratilgan ballar № Pishloqning navi Umumiy baho, ball Hidi va ta’mi uchun, ballarda kam bo‘lmasligi kerak 1. Oliy 87-100 37 2. 1-nav 75-86 34 21-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, oliy navli pishloqning umumiy bahosi 87-100 ball, jumladan hidi va ta’mining bahosi kamida 37 ball, 1-navli www.sies.uz Page 207 of 306 208 pishloqning umumiy bahosi 75 balldan, hidi va ta’mi uchun berilgan ball esa 34 balldan kam bo‘lmasligi kerak. Agar pishloqlar uchun berilgan umumiy ball soni 75 dan kam bo‘lsa, bunday pishloqlar standart talabiga javob bermaydigan pishloqlar deb topiladi va savdo tarmoqlariga sotish uchun ruxsat etilmasligi kerak. Oliy navli pishloqlarning shakli to‘g‘ri, qobig‘i yupqa, tekis, toza, burishmagan bo‘lishi kerak. Agar pishloqlar parafinlangan bo‘lsa, u holda parafin qatlami shikastlanmagan bo‘lishi kerak. Oliy navli pishloqlarning ta’mi va hidi o‘ziga xos, sof, begona ta’m va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Birinchi navli pishloqlarda esa yem-xashak ta’mi va nordonlik salgina sezilib turilishiga ruxsat etiladi. Hamiri oliy navli pishloqlarda bir jinsli, qayishqoq, 1-navlarida esa uvoqli, sal chandirsimon, bo‘shroq bo‘lishi mumkin. Pishloqlar hamirining rangi oqdan sal sariqqacha, butun hamir bo‘ylab bir xil bo‘lishi kerak. Pishloq hamirlarining g‘ovakligi ham asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Oliy navli pishloqlarda g‘ovakliklar yaxshi rivojlangan, shakli va ularning joylashishi bir tekis bo‘lishi kerak. Birinchi navli pishloqlarda esa g‘ovaklari bir tekis joylashmagan holda ham bo‘lishi mumkin. Pishloqlarning sifatini baholashda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari ham aniqlanadi. Quyidagi 23-jadvalda asosiy pishloq turlariga fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablar keltirilgan. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling