Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Takrorlash uchun savolar: 
 
1. Achitilgan sut mahsulotlarining parxezlik xususiyatlari nimada? 
2. Achitilgan sut mahsulotlarining sifatiga xom ashyoning ta’sirini tushuntirib 
bering. 
3. Achitilgan sut mahsulotlarining sifatiga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
qanday talablar qo‘yiladi? 
4. Achitilgan sut sifatini baholashda qo‘llaniladigan asosiy fizik-kimyoviy 
ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi? 
5. Achitilgan sut mahsulotlarining ta’mi va hidida uchraydigan nuqsonlarni 
tushuntirib bering. 
6. Achitilgan sut mahsulotlarining konsistensiyasida bo‘ladigan nuqsonlarni 
tushuntirib bering. 
7. Achitilgan sut mahsulotlarida bo‘ladigan texnik va fizik-kimyoviy nuqsonlarni 
tushuntirib bering. 
8. Nuqsonli achitilgan sut mahsulotlaridan foydalanish tartibini tushuntirib bering. 
 
Qaymoq, achitilgan qaymoq va tvoroglarning sifat ekspertizasi 
www.sies.uz
Page 203 of 306 


204
 
Qaymoq. Qaymoq sutni separatsiyalardan o‘tkazish yo‘li bilan olinadi. 
Separatsiya qilinganda sutning tarkibiy qismi markazdan qochma kuch ta’sirida 
ikki qismga, ya’ni yog‘li va yog‘sizlantirilgan qismlarga ajraladi. Shu yo‘sinda 
sutdagi yog‘ va yog‘sizlantirilgan qismlarning zichligi bir-biridan katta farq 
qilishidan foydalanib sutdagi yog‘li qism ajratiladi. 
To‘g‘ridan to‘g‘ri iste’mol qilish uchun 8, 10, 20 va 35% li yog‘lilikka ega 
bo‘lgan pasterizatsiya qilingan qaymoqlar ishlab chiqariladi. Bu xil qaymoqlar oq, 
oq-qo‘ng‘iroq tusli, shirin, pasterizatsiya hidi va ta’mi sezilib turadigan, bir xil 
konsistensiyali bo‘ladi. Qaymoqlarning nordonligi ularning yog‘liligiga qarab har 
xil bo‘lishi mumkin. Masalan, 8% va 10% yog‘lilikdagi qaymoqlarning nordonligi 
19

T, 20 va 35% yog‘lilikdagi qaymoqlarning nordonligi esa 17
0
T qilib 
belgilangan. 
Qaymoqlarni pasterizatsiyalash jarayoni ham sutlarni pasterizatsiyalashdan 
deyarli farq qilmaydi. Qaymoqlarni pasterizatsiya qilish harorati yog‘liligiga qarab 
birmuncha farq qiladi. Masalan, 8 va 10% yog‘lilikdagi qaymoqlar 78-80

S da 
pasterizatsiya qilinsa, 20 va 35% yog‘lilikdagi qaymoqlar esa 85-87
0
S da 
pasterizatsiya qilinadi. Bunda ikki xil holatda ham pasterizatsiya muddati 15-30 
daqiqani tashkil etadi. 
Shuningdek, qaymoqlar sterilizatsiya qilingan holda ham sotuvga 
chiqariladi. Sterilizatsiya qilingan sutlar oq-qo‘ng‘ir rangli, bir xil konsistensiyali, 
o‘ziga xos toza hid va ta’m ega bo‘lishi kerak. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling