207
Pishloqlar sut tarkibidagi kazeinni ivitish
natijasida olinadigan sut
mahsulotlari hisoblanadi.
Sutni ivitish usuliga qarab pishloqlar shirdon va nordon pishloqlarga
bo‘linadi. Hozirgi kunda ishlab chiqariladigan asosiy pishloqlar shirdon pishloqlari
hisoblanadi. Shirdon pishloqlari ishlab chiqarishda
sut shirdon fermentlari
yordamida ivitiladi. Nordon pishloqlar ishlab chiqarishda esa kazein sut kislotasi
ta’sirida ivitiladi.
Shirdon pishloqlari ishlab chiqaish texnologiyasiga
qarab quyidagi
guruhlarga bo‘linadi: qattiq, yumshoq shirdon pishloqlari,
namokopli va qayta
ishlangan pishloqlar.
Pishloqlar massasiga qarab esa katta va kichik pishloqlarga bo‘linadi.
Pishloqlarning sifati ham boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining sifati kabi
organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Qattiq shirdon
pishloqlari organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha oliy va birinchi navga bo‘linadi.
Pishloqlarni baholashda 100 ballik sistemadan ham foydalanish mumkin (21-
jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: