Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Takrorlash uchun savollar:
1. Sutning zichligi deganda nimani tushunasiz? 2. Sutning zichligi bilan kimyoviy tarkibi orasida qanday bog‘liqlik mavjud? 3. Sutning osmatik bosimi qanchani tashkil etadi? 4. Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sut qanday talablarga javob berishi kerak? 5. Standart talabi bo‘yicha sutda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan qaysilari aniqlanadi? 6. Sutning nordonligi qanday aniqlanadi va nordonlik darajasi sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 7. Sutlarning ta’mida va hidida bo‘ladigan nuqsonlarni tushuntirib bering. 8. Bakteriyalar ta’sirida vujudga keladigan nuqsonlarni tushuntirib bering. 9. Sutlarda bo‘ladigan texnik va fizik-kimyoviy nuqsonlarni tushuntirib bering. 10. Nuqsonli sutlardan foydalanish tartibini tushuntirib bering. Achitilgan sut mahsulotlarining sifat ekspertizasi Achitilgan sut mahsulotlari sut kislotali bijg‘ish asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlardir. Bularga prostokvasha (qatiq), atsidofil mahsulotlari, kefir, qimiz, achitilgan qaymoq (smetana), suzma va suzma mahsulotlari kiradi. Achitilgan sut mahsulotlarining ko‘pchiligi, ayniqsa prostokvasha, kefir, qimiz, atsedofil mahsulotlari parhezlik va shifobaxshlik xususiyatiga egadir. Bu mahsulotlar tarkibida sut kislotasi va karbonat angidrid gazi (kefir, qimiz) bo‘lganligi sababli inson oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, ovqatning to‘la xazm bo‘lishiga katta yordam ko‘rsatadi. Ikkinchidan, achitilgan sut mahsulotlari iste’mol qilinganda inson organizmida kislotalik muhit yaratiladi. Bu esa chirituvchi va boshqa zararli mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun noqulay www.sies.uz Page 200 of 306 201 sharoitdir. Shu bilan organizmning chirituvchi bakteriyalar ishlab chiqaradigan zaharli moddalar ta’sirida yemirilishining ma’lum darajada oldi olinadi. Achitilgan sut mahsulotlari tarkibidagi sut kislotasi konservantlik xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ham bu mahsulotlar uzoqroq saqlanish muddatiga egadir. Achitilgan sut mahsulotlarining sifati texnologik jarayonlardan tashqari ko‘p darajada xom ashyoning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli sutlarning sifat ekspertizasini o‘tkazishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar achitilgan sut mahsulotlarining ham sifat ekspertizasini o‘tkazishda qo‘llaniladi. Quyidagi 18-jadval achitilgan sut mahsulotlarining sifatiga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablar keltirildi. Achitilgan sut mahsulotlarining sifatini baholashda ularning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari ham aniqlanadi. Quyidagi 19-jadvalda achitilgan sut mahsulotlarining sifatiga asosiy fizik- kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablar keltirildi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling