Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Meva va sabzavotlarning sifat gradatsiyalari


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Meva va sabzavotlarning sifat gradatsiyalari. 
Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari sifati bo‘yicha standart talabiga 
javob beradigan, standart talabiga javob bermaydigan, ya’ni nostandart va ovqatga 
ishlatib bo‘lmaydigan (chiqit) kabi guruhlarga ajratiladi. 
Standart mahsulotlar deb shunday mahsulotlarga aytiladiki, ular hamma 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalda qo‘llanilayotgan standartlar va texnik shartlar 
talabiga to‘liq javob beradi.
Nostandart mahsulot deb yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me’yorlardan 
ko‘proq darajada nuqsonlari bo‘lgan mahsulotlarga aytiladi. Masalan, standart 
kartoshkalarda 5% gacha mexanik jarohatlangan tuganaklar bo‘lishiga yo‘l 
qo‘yiladi. Agar kartoshka tuganaklarining 5% dan ko‘prog‘i mexanik 
jarohatlangan o‘lsa, u holda kartoshka massasi nostandart deb topiladi.
www.sies.uz
Page 45 of 306 


46
Chiqit-standart talabi bo‘yicha yo‘l qo‘yilmaydigan katta nuqsonga ega 
bo‘lib, iste’mol qilish inson xayoti uchun xavfli bo‘lgan mahsulotdir. Xususan, 
chirigan meva va sabzavotlarda hosil bo‘ladigan aflotoksin va mikotoksinlar inson 
organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatib, kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Aniqlangan katta nuqsonlarni bartaraf etish mumkinligi va mumkin 
emasligiga qarab esa mahsulotni absolyut chiqitlar kabi guruhlarga ajratish 
mumkin. Agar mahsulotning 50% dan kamroq qismi kasallikka chalingan bo‘lsa, 
bu mahsulotni texnik chiqit deb qaralib, meva yoki sabzavotning buzilmagan 
qismini qayta ishlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bir necha tur meva va sabzavotlarning standart mahsuloti tovar navlariga 
bo‘linadi.
Sort – bu ma’lum tur mahsulotlarning bir yoki bir nechta sifat ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan sifat gradatsiyasidir. 
Mevalarning 
tovar 
navlarini 
aniqlashda 
qo‘llaniladigan 
sifat 
ko‘rsatkichlariga ularning tashqi ko‘rinishi, shakli, rangi, meva boldoqligi, yo‘l 
qo‘yiladigan chetlanishlar, kam hollarda esa pishganlik darajasi kabi 
ko‘rsatkichlari kiradi. 
Urug‘li, danakli, xurma, yong‘oq mevalari, uzum, kartoshka, sabzi, lavlagi, 
karam, chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan bosh piyozlar tovar navlariga 
bo‘linadi. 
Erta pishar olma, noklar, behi, hamma danakli mevalar, xurma, bodom, 
yunon yong‘og‘i, uzum, anorlar ikki tovar navlari (1-chi va 2-chi) bo‘linadi. 
Kechpishar olma va nok mevalari esa to‘rt tovar navlariga (oliy, 1, 2, 3-chi) 
bo‘linadi. 
Urug‘li (erta pishar olmadan tashqari) va danakli mevalar botanik navining 
qimmatligiga qarab ikki pomologik navga (1-chi va 2-chi), uzumlar esa uch 
pomologik navga bo‘linadi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling