Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Ovqatga ishlatiladigan kislotalar, osh tuzi, natriy glyutamati tavsifi va sifat
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Ovqatga ishlatiladigan kislotalar, osh tuzi, natriy glyutamati tavsifi va sifat ekspertizasi Ovqatga ishlatiladigan kislotalar. Oziq-ovqat sanoatida va oshpazlikda asosan sirka va limon kislotalari ishlatiladi. Sirka kislotasi. Bu kislota vinoni, pivoni bijg‘itib sirkaga aylantirish yo‘li bilan olinadi. Qanday xom ashyodan tayyorlanganligiga qarab vino sirkasi, meva- rezavor meva sirkasi va pivo sirkasi bo‘ladi. Sirka kislotasi sotuvga oshxona sirkasi va sirka essensiyasi holida chiqariladi. Oshxona sirkasi sirka kislotasini suvda eritish yo‘li bilan olinadi. Oshxona sirkasi ovqatlarga qo‘shib iste’mol qilinadi va uning asosiy vazifasi ishtahani ochishdan iboratdir. Oshxona sirkasi tarkibida sirka kislotasining miqdori 3-9% ni tashkil etadi. Yaxshi sifatli oshxona sirkasi tiniq, rangsiz, quyqasiz va cho‘kindisiz, ta’mi nordon, hidi o‘ziga xos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Xushbo‘y o‘tlar damlamasiga aralashtirilib tarkibida 5-6% sirka kislotasi bor xushbo‘y sirka ham ishlab chiqariladi. Sirka essensiyasi sirka kislotasining suvli eritmasi bo‘lib, uning tarkibida sirka kislotasining miqdori 70-80% ni tashkil etadi. Sirka essensiyasi suv qo‘shib konsentratsiyasi 5-6% ga keltirilgandan keyingina iste’mol yaroqli hisoblanadi. Limon kislotasi. Bu kislota rangsiz kristallar holatida bo‘lib, uning tarkibida limon kislotasining miqdori 99,5% ni tashkil etadi. Limon kislotasi oq rangli, quruq, sochiluvchan konsistensiyaga ega. Rangsiz kristallar suvda oson eriydi, eritmasi tiniq, ta’mi nordon bo‘ladi. Limon kislotasi qandolatchilikda, liker-araq mahsulotlari, spirtsiz ichimliklar olishda ishlatiladi. Uy sharoitida esa bu kislotani sirka o‘rniga ishlatish maqsadga muvofiqdir. Osh tuzi. Osh tuzi tabiiy manbalardan olinadigan xlori natriyning (NaCl) toza kristallaridan iboratdir. Toza osh tuzlari tarkibida xlorli natriyning miqdori 97,0-99,7%ni tashkil etadi. Xlorli natriy tarkibida natiyning miqdori 39,4% ni, xlorning miqdori esa 60,6% ni tashkil etadi. Osh tuzi ovqatga solinadigan dorivorlar orasida birinchi o‘rinlardan birini egallaydi. Inson organizmida xlorli natriyning yetishmasligi suv-tuz almashinuvining buzilishga olib keladi. Xlorli natriy qon, limfa, protoplazma www.sies.uz Page 165 of 306 166 kletkalari tarkibiga kirib, to‘qima va hujaylarda osmatik bosimni boshqarishda muhim ahamiyatga egadir. U organizmda oshqazon so‘laklarining tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan xlorid kislotasini hosil qilish uchun zarur bo‘ladigan xlor ionlarining ham manbai hisoblanadi. Osh tuzining natriy ionlari esa oshqozon osti bezlari so‘laklarining hosil bo‘lishida ishtirok etib, ularning ishqorlilik muhitini ta’minlaydi. Katta yoshdagi odamlarning osh tuziga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji o‘rtacha 10- 15 g ni tashkil etadi. Haqiqatda esa inson bir kunda 20-25 g miqdorida osh tuzi iste’mol qiladi. Osh tuzi faqatgina ovqatga ishlatilib qolmasdan, balki go‘sht, baliq, sabzavot mahsulotlarini konservalash maqsadlarida ham ishlatiladi. Osh tuzi kelib chiqishi va qanday usulda olinishiga qarab toshtuz, o‘zi cho‘kkan tuz, cho‘kma va qaynatma tuzlarga bo‘linadi. Tosh tuz ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Bu tuz yer tagida yirik palaxsalar holida joylashadi va tuz konlarini tashkil etadi. Ana shu palaxsalardan tuz ochiq va yopiq usullardan qazib olinadi. Tosh tuzlar tarkibida juda kam miqdorda begona aralashmalar bo‘lib, ular tarkibida xlorli natriyning miqdori 98-99% ni tashkil etadi. Respublikamiz hududlari ham ana tuz manbalariga boy hisoblanadi. Masalan, Respublikamizning Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hududida joylashgan Xo‘ja-Ikon tuz koni ana shunday manbalar jumlasiga kiradi. Bu tuz koni bugungi kunda Respublikamiz aholisining osh tuziga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda juda katta ahamiyatga egadir. O‘zi cho‘kkan tuz - bu tuz sho‘r suvli ko‘llar tubida qalin qatlam bo‘lib to‘planadi. Bir necha asrlar davomida ana shunday tuzlar manbai bo‘lib kelayotgan asosiy ko‘llardan biri Bosqunchoq ko‘li hisoblanadi. Tosh tuzlarga qaraganda bu tuzlar tarkibida ko‘proq begona aralashmalar, asosan kalsiy tuzlari aralashmalari bo‘ladi. Shu sababli bu tuzlar begona aralashmalardan tozalanishi kerak. Cho‘kma tuzlar sun’iy havzalarga to‘plangan okean, dengiz, ko‘llarning sho‘r suvlaridan tabiiy sharoitda yoz kunlari suvning bug‘lanib ketishi natijasida hosil qilinadi. Bunday tuzlar kam miqdorda ishlab chiqariladi. Qaynatma tuz yer osti sho‘r suvlarini bug‘latish yo‘li bilan olinadi. Organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori sifatli tuz olish uchun bug‘latish asosan vakuum-apparatlarda olib boriladi. Bu tuz toza oq rangli, mayda kristallar holida bo‘lib, toza sho‘r ta’mga egadir. Xlorli natriyning miqdori bu tuzlarda 99,7% dan kam bo‘lmasligi kerak. Ishlov berish usuliga qarab osh tuzlari mayda kristallar holida, maydalangan, maydalanmagan va yodlangan tuzlarga bo‘linadi. Mayda kristalli tuzlar, asosan qaynatma tuzlar bo‘lib, ko‘zchalari 0,8 mm bo‘lgan elaklardan butunlay va 0,5 mm ko‘zchali elaklardan esa 95% o‘tadi. Maydalangan tuz kristallarining o‘lchamlariga binoan to‘rt nomerga bo‘linadi: №0 - kristallarining kattaligi 0,8 mm; №1 - 1,1; №2 - 2,5; №3 - 4 mm. Yodlangan tuz kasalliklarning oldini olish va davolash maqsadlarida ishlab chiqariladi. Bu tuz asosan qalqonsimon bez kasalliklarining oldini olish uchun 1 tonna tuzga 25 g yodli kaliy aralashtirib ishlab chiqariladi. Yodlangan tuzlarning 200 g ning tarkibida yod miqdori 1,91 mg ni tashkil etadi. Bir kunlik ehtiyoj uchun www.sies.uz Page 166 of 306 167 zarur bo‘ladigan tuzni yodlangan holda iste’mol qilgan kishi, bir sutkada 200 mkg yod olgan hisoblanadi. Sifatiga ko‘ra osh tuzi to‘rt navga bo‘linadi: ekstra, oliy, 1-chi va 2-chi navlar. Tuzning sifati uning tarkibidagi xlorli natriyning, suvda erimaydigan moddalarning miqdori va kristallarining o‘lchamiga bog‘liq. Ekstra navli tuzlarning rangi oq bo‘lishi kerak, qolgan hamma navlarida esa mineral aralashmalarning tarkibiga qarab oq-sarg‘ish, oq-kulrang, oq-pushti ranglarda bo‘lishi mumkin. Tuzlar tarkibida ko‘z bilan ko‘rib bo‘ladigan mineral aralashmalar bo‘lishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Tuzlarning ta’mini aniqlashda 5%-li eritmadan foydalaniladi. Bunday eritma toza sho‘r ta’mli, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Yodlangan tuzlarda esa ozroq miqdorda yod hidi sezilishiga yo‘l qo‘yiladi. Tuzlarning organoleptik ko‘rsatkichlariga ular tarkibida uchraydigan mineral aralashmalar katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuzlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga xlorli natriyning miqdori (97,0- 99,7%), suvda erimaydigan moddalar miqdori (0,03-0,85%) va tuzlarning namligi (0,1-6,0%) kabi ko‘rsatkichlari kiradi. Tuz savdo tarmoqlariga mayda idishlarga o‘ralgan, katta idishlarga o‘ralgan va to‘kma hollarda chiqariladi. Ma’lumki, tuzlarni saqlaganda ular mikroorganizmlar va zararkunandalarning ta’siriga uchramaydi. Tuzlarni saqlaganda bo‘ladigan asosiy nuqson ularning kristallarining zichlashib qapishib qolishi hisoblanadi. Bu nuqson tuz namligining ortishi bilan tezlashadi. Mayda idishlarga o‘ralgan, qaynatma tuzlar quruq, mahkam yopiladigan omborxonalarda saqlanishi kerak. Maydalangan katta idishlarga joylashgan va to‘kma tuzlar yomg‘ir tegmaydigan ochiq omborxonalarda saqlanishi mumkin. Yodlangan tuzlarni saqlashga esa alohida e’tibor berilishi kerak. Yodlangan tuzlar tarkibidagi yodli kaliy namlik va quyosh yorug‘i ta’sirida parchalanadi va hosil bo‘lgan erkin yod uchib chiqib ketadi. Shu sabali yodlangan tuzlarni germetik bekitiladigan idishlarda saqlash maqsadga muvofiqdir. Yodlangan tuzlarning kafolatlangan saqlash muddati 6 oy qilib belgilangan. Bu muddat o‘tishi bilan yodlangan tuzlar oddiy osh tuzi sifatida sotiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling