Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
12-jadval Qadoqlangan ko‘k choy navlarining organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tavsifi Sifat ko‘rsatkichi Savdo navlari Hidi va ta’mi Damlamasi Shammasining Tashqi www.sies.uz Page 170 of 306 171 rangi ko‘rinish Buket Hidi to‘liq shakllangan yoqimli taxir ta’mli, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz Tiniq, ochiq- ko‘kish Bir xil, ko‘kish Bir tekis, choy donachalari yaxshi buralgan Oliy Hidi kamroq nafis, yoqimli taxirroq ta’mli, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz Tiniq, ochiq- ko‘kish Bir xil, ko‘kish Tekis, choy donachalari bir tekis buralgan 1-chi Yoqimli ta’mli, yetarli darajada taxir Tiniq, och- sariq Bir xil emas, sarg‘ish rangli Bir tekis emas, choy donachalari yaxshi buralgan 2-chi Kuchsiz hidli, taxirligi kam seziluvchan Sariq-qizg‘ish rangli, ozroq loyqa Har xil rangli, sarg‘ich rangli Bir tekis emas, choy donachalari yaxshi buralgan 3-chi Hidi yoqimsizroq, taxirligi kam seziluvchan Qora-sarg‘ish rangli, loyqa Har xil rangli, qora-sarg‘ish Bir tekis esam, choy donachalari yaxshi buralmagan Bu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ko‘k choy navlarining ta’mi qora choylardan farq qilib sezilarli darajada yoqimli tahirlikka egadir. Buning asosiy sababi esa ko‘k choyda oksidlanmagan oshlovchi moddalarning qora choydagiga nisbtan ko‘pligi hisoblanadi. Umumiy olganda, ko‘k choylar kimyoviy tarkibi bo‘yicha choy bargiga juda ham yaqin turadi. Yuqori sifatli buket va oliy navli ko‘k choylar damlamasining hidi xushbo‘y, mayin, kuchli begona hidlarsiz bo‘lishi kerak. Ko‘k choylarning pastki navlarida esa hidi dag‘alroq, unga xushbo‘y bo‘lmasligi mumkin. Choy damlamasi rangining to‘q-ochligi, tiniqligi ham asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Yuqori navli ko‘k choylarning damlamasi toza, tiniq holda bo‘ladi. Uchinchi nav choylarning damlamasi loyqaroq, to‘q-qo‘ng‘ir rangda bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Quyidagi 13-jadvalda esa qadoqlangan qora choy navlarining organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling