Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Qahvalarning sifat ekspertizasi
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Qahvalarning sifat ekspertizasi
Qahva - bu ko‘p yillik yil bo‘yi yashil bo‘lib turadigan qahva daraxtining mevasidan olinadi. Qahva daraxti Afrika, Osiyo, Amerika va Avstraliya qit’alarining tropik iqlimli mamlakatlarida o‘sadi. Qahvaning vatani Efiopiya hisoblanadi va qahva shu yerdan boshqa mamlakatlarga tarqala boshlagan. Qahva daraxtining turlari 30 dan ortiq bo‘lsada, sanoat miqyosida faqat 3 xili yetishtiriladi. Bular arabiya, liberiya va robusta qahvalaridir. Qahva daraxtining pishgan mevasi tashqi ko‘rinishidan olchaga o‘xshaydi. Meva qobig‘ining tagida yumshoq eti bo‘lib, uning ichida esa yarim shar shaklida bir juft urug‘ joylashgan bo‘ladi. Qahva mevasida o‘rtacha urug‘ 26% ni, qobiq 6% ni, meva eti esa 68% ni tashkil etadi.Qahvaning ana shu urug‘i meva etidan ajratib olinadi. So‘ngra ajratib olingan urug‘lar ma’lum muddat davomida uyum-uyum qilib to‘plab qo‘yiladi. Bu muddat davomida urug‘ sirtidagi etlari brajeniyaga borib urug‘ning tozalanishini keltirib chiqaradi. Ana shu urug‘lar suvda yuvilib, etidan tozalanadi va quritiladi. Urug‘larni butunlay etidan tozalash uchun maxsus mashinalar yordamida ham ularga ishlov beralida. hosil bo‘lgan bu kofeni ho‘l qahva deb yuritiladi. Ho‘l qahva urug‘ining kimyoviy tarkibida quyidagi moddalar uchraydi (%): suv – 10-12; oshlovchi moddar – 8; oqsil moddalari – 9-11; kofein – 0,7-2,5; yog‘ – 10-13; qand– 5-10; pentozanlar– 5-7; kletchatka – 22; mineral moddalar – 3-5. Kofein qahvaning asosiy alkoloid moddalaridan biri hisoblanadi va uning fiziologik xususiyatlari choynikiga o‘xshashdir. Har xil tur va nav qahvalarda ularning botanik kelib chiqishi, tuproq-iqlim sharoiti va yetishtirish sharoitlariga qarab kofein miqdori har xil bo‘ladi. Qahvadagi asosiy kofein miqdori xlorgen kislotasi bilan bog‘langan holatda bo‘ladi. Qahva tarkibidagi yog‘ asosan olein kislotasining triglitseridlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Qahvadagi asosiy uglevod saharoza, gemitsellyuloza va kletchatka hisoblanadi. Qahvadagi mineral moddalarning asosini kaliy va kalsiy tashkil etadi. Qahvaning kimyoviy tarkibi shundan dalolat beradiki, qahva nafaqat lazzatli mahsulot, balki qand, oqsil, yog‘ moddalari borligi uchun yuqori ozuqaviy qiymatga ham egadir. www.sies.uz Page 174 of 306 175 Qahva tarkibidagi kofein ham kishi markaziy asab sistemasi faoliyatini yaxshilab, tetiklashtiruvchi vosita vazifasini o‘taydi. Qahvalar quyidagi assortimentda ishlab chiqariladi: donador xom qahva, qovurilgan (donadon, maydalangan, sikoriy qo‘shilgan) va eruvchan qahva. Qahvalarning sifati organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Oliy nav donador qovurilgan qahvalarning o‘lchami bir xil, tekis qovurilgan, yuzasi yaltiroq, ta’mi va xushbo‘yligi yaqqol sezilib turadigan bo‘lishi kerak. Birinchi nav donador qovurilgan qahvalarning o‘lchamlari har xil bo‘lishiga va yuzasi yaltiroq bo‘lmasligiga ruxsat etiladi. Lekin, yaqqol sezilib turadigan bo‘lishi kerak. Yanchilgan qahva bir tekis talqon qilingan, rangi jigar rangli, ta’mi va xushbo‘yligi qovurilgan qahvaga xos bo‘lishi kerak. Qahvaning sifati quruqligida va damlangan holida aniqlanadi. Qahvaning ta’mi uning ekstraktida aniqlanadi. Xushbo‘yligi esa ham quruq qahvada va ham ekstraktida aniqlanadi. Ekstrakt tayyorlash uchun 10 g qahvaga 200 ml issiq suv quyiladi, so‘ngra uni qaynash darajasigacha yetkaziladi, tindiriladi va cho‘kindisi qoldirilib suyuq qismi to‘kib olinadi. Qahvani qaynatish mumkin emas, chunki uning tarkibidagi xushbo‘ylikni ta’minlovchi moddalar uchib chiqib ketadi. Qahvalarning sifat ekspertizasini o‘tkazishda ularning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari ham aniqlanadi. Quyidagi 15-jadvalda qahvalarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablar keltirildi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling