Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
-jadval Qadoqlangan qora choy navlarining organoleptik
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
13-jadval
Qadoqlangan qora choy navlarining organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tavsifi www.sies.uz Page 171 of 306 172 Sifat ko‘rsatkichi Savdo navlari Hidi va ta’mi Damlamasi Shammasining rangi Tashqi ko‘rinish Buket Hidi to‘liq shakllangan yoqimli nafis, yoqimli taxir ta’mli, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz Tiniq Bir xil, qo‘ng‘ir rangli Bir tekis, choy donachalari yaxshi buralgan Ekstra Yoqimli nafis hidli va ta’mli, taxirligi seziluvchan Tiniq Bir xil, qo‘ng‘ir rangli Bir tekis choy donachalari yaxshi buralgan Oliy Yoqimli hidli, yoqimli taxir ta’mli Tiniq Bir xil, och- qo‘ng‘ir ta’mli Bir tekis, choy donachalari yaxshi o‘ralgan 1-chi Yetarli darajada nafis hidli, yoqimli taxir ta’mli Uncha tiniq emas, o‘rtacha Uncha bir xil emas, qo‘ng‘irroq rangli Bir tekis emas, choy donachalari yaxshi buralgan 2-chi Kuchsiz yoqimli hidli, yetarli darajada taxir emas Uncha tiniq emas, o‘rtachadan pastroq Uncha bir xil emas, qo‘ng‘irroq rangli Bir tekis emas, choy donachalari yaxshi o‘ralgan 3-chi Yoqimsizroq hid va tamga ega Kuchsiz qoramtir Bir xil emas, qora-qo‘ng‘ir Bir tekis emas, choy donachalari yaxshi o‘ralmagan Bu jadval ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, qora choylar organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ko‘k choylardan ma’lum darajada farq qiladi. Ularning ta’mi juda mayin taxirlik darajasi juda past, deyarlik sezilmaydigan darajada, hidi esa yoqimli, yaqqol seziluvchan, begona hidlarsiz bo‘ladi. Qora choyning ko‘k choydan farq qiladigan belgilaridan yana biri choy shammasining rangi hisoblanadi. Qora choy tayyorlashda fermentatsiya jarayoni o‘tkazilgani sababli choy bargida o‘zgarishlar borib, bu esa tayyorlanayotgan choy rangining ham o‘zgarishini keltirib chitqaradi. Shu sababli choy ekspertizasini o‘tkazishda shu ko‘rsatkichlarni aniqlashga alohida e’tibor qaratiladi. www.sies.uz Page 172 of 306 173 Choy ekspertizasini o‘tkazishda uning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Choyning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: suv massasining miqdori, suvda eruvchan ekstraktiv moddalar massasining hissasi, metall aralashmalari massasining hissasi, umumiy kul massasining miqdori, suvda eruvchan kul moddasining miqdori va mayda choy zarrachalari miqdori. Quyidagi 14-jadvalda qadoqlangan va qadoqlanmagan choylarga fizik- kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablar keltirildi. Keltirilgan 14-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ko‘k va qora choylar fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir-biriga juda yaqin tursada lekin ayrim ko‘rsatkichlari bo‘yicha kam darajada bo‘lsada farq qiladi. Choylar uchun muhim ko‘rsatkichlardan yana biri ularning xavfsizlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Xavfsizlik ko‘rsatkichlariga zaharli elementlar, aflotoksinlar, radionuklidlar miqdori kabi ko‘rsatkichlar kiradi. Bu moddalar miqdori bo‘yicha choylar tegishli me’yoriy hujjatlar talabiga javob berishi kerak. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling