Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’mi va hidi
Takrorlash uchun savollar:
1. Yog‘larning sifat ekspertizasini o‘tkazishda qo‘llaniladigan organoleptik ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi? 2. Tozalangan moylarning hidi va ta’mi tozalanmagan moylarning hidi va ta’midan qanday farq qiladi? 3. Moylarning ranglilik darajasi nimaga bog‘liq? 4. Moylarning tiniqligi qanday aniqlanadi? 5. Moylarning sifatini baholashda aniqlanadigan asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarni tushuntiring. 6. Moylarning kislota soni ularning sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 7. Moylarning yod soni ko‘rsatkichi bilan sifati orasida qanday bog‘liqlik mavjud? 8. Moylarning sovunlanish soni nimani ko‘rsatadi? 9. Moylarda suv va uchuvchan moddalar miqdori qancha foizni tashkil etadi? 10. Moylarning xavfsizlik ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi? Hayvon yog‘larining sifat ekspetizasi Hayvon yog‘lari deganda biz asosan chorva mollaridan olinadigan yog‘larni tushunamiz. Kundalik hayotimizda ovqatga asosan mol, qo‘y, cho‘chqa yog‘lari ishlatiladi. Bundan tashqari kam darajada bo‘lsada ilik (suyak) moylaridan ham foydalaniladi. Shu sababli ham quyida ana shu moylarning sifat ekspertizasi bilan bog‘liq ma’lumotlarni keltiramiz. Hayvon yog‘larining ham sifat ekspertizasini o‘tkazishda organoleptik va fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi. Hayvon yog‘larining sifatini organoleptik baholash ularning ta’mi, hidi, rangi, eritilgan holatdagi konstitutsiyasi va tiniqligi kabi ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida amalga oshiriladi. Ta’mi va hidi. Sifatli xom ashyodan texnologik rejimlarga rioya qilib tayyorlangan yog‘larning ta’mi va hidi o‘ziga xos, yoqimli, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘ladi. Lekin, yog‘larni uzoq muddat saqlaganda, ayniqsa saqlash sharoitlariga rioya qilinmasa, shuningdek, tovar xususiyati hisobga olinmasdan boshqa oziq-ovqat tovarlari bilan yonma-yon saqlanganda, ularda yoqimsiz begona ta’m va hid paydo bo‘ladi. Shu sababli hayvon yog‘larini saqlaganda saqlash sharoitlariga rioya qilinishi muhim hisoblanadi. Rangi. Hayvon yog‘larining rangi yog‘ tarkibida bo‘ladigan karotinning miqdoriga qarab oq rangdan to sariqroq ranggacha bo‘lishi mumkin. Aynan yog‘larning rangiga qarab ularning qaysi chorva mollaridan olinganligi haqida xulosa qilish mumkin. Ko‘pincha mol yog‘lari sarg‘ish, cho‘chqa yog‘lari esa batamom oq rangda bo‘ladi. Shuningdek, cho‘chqa va qo‘y yog‘larida ozroq yashilroq rang bo‘lishiga ruxsat etiladi. www.sies.uz Page 186 of 306 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling