Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Margarinlarning sifat ekspertizasi
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Margarinlarning sifat ekspertizasi Margarinlar tabiiy o‘simlik moylari va gidrogenizatsiya qilingan yog‘larning emulsiyasiga sut, sariyog‘, tuz, qand, qaymoq va boshqa qo‘shimchalar qo‘shib olingan yog‘lar hisoblanadi. Margarinlar ishlab chiqarishning mohiyati qattiq yog‘lar balansini ko‘paytirish va o‘simlik moylarini ishlatish sohasini kengaytirishdan iboratdir. Margarinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovqatga va qandolat, kulinariya va non mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatish mumkin. Margarinlar ham boshqa yog‘lar singari yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishlari kerak. Margarinlar sifati bo‘yicha tegishli me’yoriy hujjatlar talabiga javob berishi kerak. Margarinlarning sifatini baholashda ham ularning organoleptik va fizik- kimyoviy ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor beriladi. Organoleptik ko‘rsatkichlaridan margarinlarda ta’mi, hidi, rangi, uy haroratida konsistensiyasi, kesimining yuzasining holati aniqlanadi. Margarinlarning qaysi navga mansubligi ham organoleptik ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. Margarinlarning a’lo navlari sof ta’mga, yaqqol sezilib turadigan sut kislotasining xushbo‘y hidiga ega bo‘lishlari kerak. Agar margarinlarini ishlab chiqarishda sariyog‘ ishlatilgan bo‘lsa, u holda margarinlarda sariyog‘larning hidi va ta’mi sezilib turishi kerak. Boshqa qo‘shimchalar qo‘shib ishlab chiqarilgan margarinlarda ham shu qo‘shilgan xom ashyoga xos hid va ta’m sezilishi talab etiladi. Margarinlarning konsistensiyasi 18 0 S da plastik, zich, bir xil bo‘lishi kerak. Margarinlar kesilganda kesimining yuzasi yaltiroq, ko‘rinishidan quruq holatda bo‘lishi zarur. Rangi esa har bir margarinlar uchun o‘ziga xos, hamma joylarida bir xil bo‘lishi talab etiladi. Margarinlarning I-navlarining organoleptik ko‘rsatkichlari bir-muncha yomonroq bo‘lishi mumkin. Masalan, I-navli margarinlarda xom ashyoning dastlabki ta’mi yaqqol sezilmaydi, shuningdek, ularda sut kislotasining xushbo‘y hidi ham aniq bilinmaydi. Bu margarinlarning kesimi ham uncha yaltiroq emas, rangining ham hamma qismlarida bir xil bo‘lmasligiga ruxsat etiladi. Margarinlarning sifatini baholashda organoleptik ko‘rsatkichlari asosida olingan natijalar fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarni aniqlash natijasida olingan ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. Margarinlarning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga yog‘,suv, tuz miqdori, margarindan ajratib olingan yog‘ning suyuqlanish temperaturasi, nordoniligi kabi ko‘rsatkichlari kiradi (18-jadval). Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling