Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Pryaniklarning organoleptik ko‘rsatkichlariga qanday talablar qo‘yiladi? 
2. Pryaniklarning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini tushuntirib bering. 
3. Pryaniklarning namligi necha foiz bo‘lishi talab etiladi? 
4. Pryaniklar tarkibida umumiy qand miqdori necha foizni tashkil etadi? 
5. Pryaniklar tarkibida yog‘ miqdori necha foizni tashkil etadi? 
6. Pryaniklarda nima uchun asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi? 
7. Pryaniklarda qanday nuqsonlar uchraydi? 
8. Pryaniklarni saqlashda ularning tarkibida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 
9. Vaflilarning sifatiga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘ycha qanday talablar 
qo‘yiladi? 
10. Vaflilarning sifatiga fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘ycha qanday talablar 
qo‘yiladi? 
11. Vaflilarda namlik necha voiz bo‘lishi talab qilinadi? 
12. Vaflilarda ishqoriylik darajasi qanday bo‘ladi? 
13. Vaflilarda 10 % li xlorid kislotasi eritmasida erimaydigan kul miqdori necha 
foizdan oshmasligi kerak? 
Pirojniy va tortlarning sifat ekspertizasi 
 
Pirojniylar va tortlar yuqori to‘yimlilikka ega bo‘lgan xilma-xil tarkibli
chiroyli naqshlar bilan bezatilgan unli qandolat mahsulotlari hisoblanadi. Ularni 
tayyorlash uchun undan tashqari ko‘p miqdorda, yog‘, shakar, tuxum mahsulotlari 
va boshqa xilma-xil qo‘shimcha masalliqlar talab etiladi. Bu mahsulotlar tez 
buziluvchan bo‘lganligi uchun ishlab chiqarilgan joylarda tezda sotilishi kerak. 
Tarkibi, tayyorlanish jarayonlari bo‘yicha pirojniy va tortlar bir-biriga o‘xshash 
bo‘lsa-da, tortlar katta o‘lchamda bo‘lib, ularga naqsh berish juda murakkabligi 
bilan ajralib turadi. 
Pirojniy va tortlarning sifatiga talablar. Pirojniy va tortlarning shakli va 
bezagi xilma-xil bo‘lishi, biroq mahsulotning shu turiga mos bo‘lishi, ezilgan, darz 
ketgan, qing‘ir-qiyshiq joylari bo‘lmasligi kerak. Yon sirtlari bezak berish uchun 
ishlatiladigan yarim fabrikatlar bilan to‘ola qoplangan bo‘lishi zarur. 
Kesilgan joyida aralashmagan va pishmagan hamir bo‘laklari bo‘lmasligi va 
qatlamlari bir tekisda joylnishi kerak. Mahsulotlarining yuzasidagi naqshlar
chiroyli, aniq bo‘lishi, bezak yarim fabrikatlarga bir tekisda surilgan bo‘lishi kerak. 
Agar yarim fabrikatlarning yuzasi shokolad, pomada, marmelad surilgan bo‘lsa, 
mahsulot yuzasi yaltiroq bo‘lishi, oqarib qolgan dog‘lari bo‘lmasligi kerak. 
Pirojniy va tortlarning ta’mi va hidi o‘ziga xos, yoqimli, begona ta’m va 
hidlarsiz bo‘lishi kerak. Yoqimsiz, begona, achigan yog‘larga xos ta’mga va hidga 
ega bo‘lgan mahsulotlar sotishga ruxsat etilmaydi. 
www.sies.uz
Page 134 of 306 


135
Pirojniy va tortlarda namlik, yog‘ va qand moddalarining miqdori 
standartlarda yarim fabrikatlar uchun belgilanadi va tasdiqlangan resepturaga mos 
kelishi kerak. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling