Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
1. Standart talabi bo‘yicha shokoladlarning organoleptik ko‘rsatkichlariga qanday 
talablar qo‘yiladi? 
2. Shokoladlarning sifatini baholashda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan qaysilari 
eng muhim hisoblanadi? 
3. Shokoladda namlik necha foiz bo‘lishi kerak? 
4. Shokoladlarda umumiy qand miqdori necha foiz bo‘lishi kerak? 
5. Nima uchun shokoladlarda 10 % li NSl eritmasida erimaydigan kul moddasining 
miqdori chegaralanadi? 
6. Xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha shokoladlarda qaysi zaharli elementlar 
miqdori chegaralanadi? 
7. Shokoladlarda qanday nuqsonlar uchraydi? 
8. Kakao talqonining sifatiga organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha qanday talablar qo‘yiladi? 
 
Pechen’e, kreker va galetlarning sifat ekspertizasi 
 
Unli qandolat mahsulotlari qandolat mahsulotlarining katta guruhini tashkil 
etib, ular uglevod, yog‘, oqsillarga boyligi bilan ajralib turadi. Shu sababli bu 
mahsulotlar yuqori energiya manbai hisoblanib, juda mazali va to‘yimlidir. 
Unli qandolat mahsulotlarini tayyorlash uchun xomashyo sifatida bug‘doy 
uni, qand, yog‘, tuxum, sut, tuz, hamirni ko‘pirtiruvchi kimyoviy moddalar, ta’m 
beruvchi va boshqa qo‘shimcha mahsulotlar ishlatiladi. 
Xom ashyoning turiga va tayyorlash jarayonlari texnolgiyasiga qarab unli 
qandolat mahsulotlari pechen’elar, kreker (quruq pechen’elar), galetlar, pryaniklar, 
vafli, pirojniylar, tortlar, kekslar, ruletlar va boshqa turlarga bo‘linadi. 
Pechenelar unli qandolat mahsulotlarining eng ko‘p tarqalgan turlaridan 
biridir. Pechen’elar resepturasiga va tayyorlash usuliga qarab qandli, cho‘ziluvchan 
hamirdan tayyorlangan (shirmoy) pechen’elarga bo‘linadi. 
Pechene, kreker va galetlarning sifati ham boshqa qandolat 
mahsulotlarining sifati kabi organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari asosida 
aniqlanadi. Pechenelarning organoleptik ko‘rsatkichlariga shakli, yuzasi, rangi, 
ta’mi va hidi, sindirib ko‘rilganda kesimining holati kabi ko‘rsatkichlar kiradi. 
Pechenelarning shakli kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana, halqasimon, har 
xil shakllarda bo‘lishi mumkin. Hamma hollarda ham shakli to‘g‘ri, pechenelar 
sinmagan, butun, shu mahsulotga xos bo‘lishi kerak. 
Pechenelarning yuzasi har xil pechenelarda bir xil emas. Shakarli 
pechenelarning yuz tamoni silliq, ko‘pchigan, uvoqlari yopishgan joyi
chuqurchalari bo‘lmasligi kerak. Pechene yuzasidagi bezaklari aniq ko‘rinib turishi 
www.sies.uz
Page 129 of 306 


130
talab etiladi. Galet va krekerlar yuzasida mayda yorilmagan pufakchalari, 
teshikchalari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Pechenelarning rangi hamma joyida bir xil, och-sariq rangdan tilla 
ranggacha bo‘lishi kerak. 
Pechenelar sindirilib ko‘rilganda yaxshi pishgan bo‘lishi, g‘ovakchalari bir 
xil, bo‘shliqlar, yaxshi aralashmagan hamir qismlari bo‘lmasligi kerak. Galet va 
krekerlar sindirib ko‘rilganda qat-qat bo‘lishi, g‘ovaklari bir tekis bo‘lmasligiga
ruxsat etiladi. 
Pechenelarning ta’mi va hidi yoqimli, yaqqol sezilib turishi, shu mahsulot 
turiga mos bo‘lishi, begona ta’m va hidlar bo‘lmasligi kerak. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling