Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Sharq shirinliklarining sifat ekspertizasi
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Sharq shirinliklarining sifat ekspertizasi. Sharq shirinliklari qandolat
mahsulotlarining katta guruhi hisoblanib, ularning assortimenti 180 dan ortiq nomni tashkil etadi. Bu qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda shakar, patoka, yog‘, asal kraxmal va har xil ziravorlar ishlatiladi. Ishlatiladigan xom ashyoning turiga, ishlab chiqarish usuli va ta’m xususiyatlariga qarab sharq qandolatlari 3 guruhga bo‘linadi: karamelga o‘xshash, konfetlarga o‘xshash va unli sharq shirinliklari. Karamelga o‘xshash sharq shirinliklari qattiq konsistesiyaga ega bo‘lib, ular bir-biridan shakli, o‘lchamlari, tarkibi va karamel massasiga qanday bezak berilishiga qarab farq qiladi. Ko‘pchilik hollarda bu qandolat mahsulotlari shakar, patoka va shakar-asal sharbatini qaynatib o‘uyultirib, issiq karamel massasiga yong‘oq, kunjut va boshqa mag‘izlarni qo‘shib, hosil bo‘lgan massaga ma’lum bir shakl berilib, sovutiladi va joylanadi. Bu guruhga bodom, yong‘oq, yeryong‘oq, kunjut urug‘i, o‘rik danagidan tayyorlangan grilyajlar kiradi. Cho‘ziluvchan karamel massasidan esa parvarda, shakar-pandir va feshmak kabi shirinliklar tayyorlanadi. Xudi shuningdek, bu guruhga novvot, kosholva, tuzlanib qovurilgan pista, bodom, yeryong‘oq, o‘rik mag‘izlari kabi shirinliklarni ham kiritish mumkin. Konfetlarga o‘xshash sharq shirinliklari asosan sutli yoki qaymoqli pomadalarga maydalangan yong‘oq mag‘izlari, sukatlar, quritilgan mevalar qo‘shib ishlangan mahsulotlardir. Bu guruhga qaymoq, palen, limon, mandarin, www.sies.uz Page 124 of 306 125 kunjut, yong‘oqlardan tayyorlangan Nuga, yong‘oqli, sutli sherbetlarni, Rohat- lukum va boshqa sharq shirinliklarini kiritish mumkin. Undan qilingan sharq shirinliklari ko‘p miqdorda yog‘, qand, yong‘oq asal, dorivorlar (qalampirmunchoq, dolchin, za’faron) qo‘shib achitilgan hamirdan pishiriladi. Bu guruhga Shakar-churek, Shakar-puri, Shakar-lukum, Boku karabesi, Qatlama paxlava, Yog‘li paxlava, Suxumi paxlavasi kabi sharq shirinliklarini kiritish mumkin. Karamelga o‘xshash sharq shirinliklarning sifati OST 18-140-73 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha karamelga o‘xshash sharq shirinliklarining ta’mi va hidi o‘ziga xos, shirin, yoqimli, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Shakli to‘g‘ri, deformatsiyalanmagan bo‘lishi kerak. Bu guruhga kiruvchi sharq shirinliklarining ba’zilarida qalinligi ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Masalan, trilyajlarning qalinligi 10 mm dan, Kozinaklarning qalinligi esa 12 mm dan ortiq bo‘lmasligi talab qilinadi. Konsistensiyasi esa turiga qarab yumshoqdan to qattiq konsistensiyagacha bo‘ladi. Karamel massasi bilan sirlangan mahsulotlarda esa yuzasi silliq, sir qatlami bir tekis taqsimlangan bo‘lishi kerak. Bu tur sharq shirinliklarining eng asosiy fizik- kimyoviy ko‘rsatkichlari namligi va umumiy qand miqdori hisoblanadi. Masalan novvotlarda namlik 0,7% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Umumiy qand miqdori esa (saharoza bo‘yicha) resepturaga mos bo‘lishi kerak. Yumshoq konfetlarga o‘xshash sharq shirinliklarining sifati OST 18-157-74 standarti talabiga mos bo‘lishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha yumshoq konfetlarga o‘xshash sharq shirinliklarining ta’mi va hidi o‘ziga xos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Shakli esa to‘g‘ri, aynan shu mahsulot turiga xos, deformatsiyalanmagan bo‘lishi kerak. Ularning konsistensiyasi esa yarim qattiq, yopishqoqroq cho‘ziluvchan bo‘ladi. Bu tur mahsulotlar uchun ham namlik va umumiy qand miqdori eng asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlardan hisoblanib, uning darajasi resepturaga mos kelishi kerak. Unli sharq shirinliklarining sifati esa OST 18-157-74 standarti talabiga binoan baholanadi. Bu standart talabi bo‘yicha ularning ta’mi va hidi o‘ziga xos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Mahsulot yaxshi pishgan, ichida aralashmay qolgan un zarrachalari bo‘lmasligi kerak. Mahsulotga xos, deformatsiyalanmagan bo‘lishi talab etiladi. Unli sharq shirinliklarining standart talabi bo‘yicha aniqlanadigan eng asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga namlik, yog‘ va umumiy qand miqdorlari kiradi. Bu ko‘rsatkichlar darajasi mahsulot tayyorlash resepturasiga mos bo‘lishi kerak. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling