Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Konfet mahsulotlarini joylashtirish, tamg‘alash va saqlash
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Konfet mahsulotlarini joylashtirish, tamg‘alash va saqlash
Ko‘pchilik shokolad bilan sirlangan konfetlar va sirlanmagan konfetlar o‘ralgan holda chiqariladi. Konfetlar bitta etiketka qog‘oziga, etiketka bilan ichki qog‘ozga, etiketka bilan folga va ichki qog‘ozga, etiketka bilan folgaga yoki folganing o‘ziga o‘ralgan bo‘lishi mumkin. Etiketkalar chiroyli bezatilgan bo‘lib, ularda tayyorlangan korxona, uning qayerdaligi, konfetning nomi ko‘rsatilishi kerak. Konfetlar donalab sotiladigan, tarozida tortib sotiladigan yoki qadoqlangan(qutichalarga, selofan yoki polietilen paketlarga) bo‘lishi mumkin. O‘ralmagan konfetlar hamma hildagi yashiklarga sof massasini 10 kg dan oshirmay, o‘ralganlari esa taxta yoki faner yashiklarga 15 kg dan oshirmay joylanadi. Konfet va drajelar oddiy usullar bilan tamg‘alanadi. Konfet joylangan tashqi idishlarga «Quruq joyda saqlansin», «Quruq va sovuqroq joyda saqlansin» yoki «Qattiq urilmasin» singari manipulyatsion tamg‘alar bosiladi. Konfet mahsulotlari quruq, harorati 18 0 S dan va havoning nisbiy namligi 75 % dan ortiq bo‘lmagan quruq va ozoda xonalada saqlanadi. Konfet mahsulotlarining kafolatlangan saqlash muddatlari quyidagicha: shokolad bilan sirlangan konfetlarning o‘ralgani –4 oy, o‘ralmagani –3 oy, yog‘li shakar qiyomi bilan sirlangan va sirlanmagan konfetlar-2 oygacha. Eng ko‘p saqlanish muddatiga ega bo‘lgan konfet mahsulotlariga karamelsimon irislar kiradi. Ularning saqlanish muddati 6 oy qilib, belgilangan. Drajelar ham tashqi tomondan bulama qobig‘i mavjudligi sababli saqlashga bardoshli mahsulot hisoblanadi. Masalan, qandli drajelarning kafolatlangan saqlash muddati 3 oy qilib, shokoladli drajelarning saqlash muddati esa 2 oy qilib belgilangan. Ko‘pgina konfet mahsulotlari uzoq saqlanmasdan, tezda buziladi. Ularda bo‘ladigan asosiy o‘zgarishlarga konfetlarning qurib qolishi, namlanishi, yog‘ moddasining oksidlanib achib qolishi kabi o‘zgarishlar kiradi. Ko‘pincha pomadali, marsipanli, mevali, kuvlangan konfet massalari qurishga moyil hisoblanadi. Buning oldini olish uchun ba’zan tayyor pomadali massaga invertaza fermenti preparatini qo‘shadilar. Bu ferment preparati saharozani parchalab, suyuq fazaning ko‘payishini kelirib chiqaradi. www.sies.uz Page 122 of 306 123 Karamelga o‘xshash massalar, masalan iris massalari namlanib qolishga juda moyil hisoblanadi. Ba’zi konfet massalarida qandning kristallanib qolish holatini ham kuzatish mumkin. Shuningdek, tarkibida yog‘ mavjud bo‘lgan konfetlar (sutli, yong‘oqli) yog‘ moddasining havo kislorodi ta’sirida oksidlanishi sababli buzilib, sifatini yo‘qotishi mumkin. Ularda namlik qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha tez buzilish holati kuzatiladi. Konfetlar uzoq saqlansa ular o‘ziga xos xushbo‘yligini ham yo‘qotadi. Tarkibida shokolad va yong‘oq mavjud bo‘lgan konfetlar hasharot- zararkunandalar bilan ham zararlanishi mumkin. Shu sababli, konfetlarni saqlaganda ana shu nuqsonlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling