Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

 
5-jadval 
Konfetlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari 
Ko‘rsatkichlarning nomi va me’yorlari 
Konfet korpusi 
nomi va konfet 
nachinkasi 
Suv 
miqdori, %, 
ko‘p 
bo‘lmasligi 
kerak 
Umumiy 
qand miqdori, 
%, ko‘p 
bo‘lmasligi 
kerak 
Yog‘ 
miqdori, %, 
ko‘p 
bo‘lmasligi 
kerak 
Qaytaruvchanlik 
xususiyatiga ega 
bo‘lgan qand 
miqdori, %, ko‘p 
bo‘lmasligi kerak 
Pomadali va sutli 
konfet korpusi 
19,0 



Mevali, jeleli, jele-
mevali 
16,0 



Marsipanli 
16,0 
75,0 


Yong‘oq (pralin) 
konfet korpusi 
4,0 
65,0 
21,0 

Kuvlangan korpus 
massasi 
25,0 



Krem konfet 
massasi 
19,0 



Grillen konfet 
massasi 
6,0 



Meva-grilyaj konfet 
massasi 
25,0 


60 
Sukat va quruq 
mevalardan tashkil 
topgan konfet 
korpusi 
30,0 



Qandolatchilik 
yog‘lari asosida 
olingan konfet 
korpusi 
5,0 



www.sies.uz
Page 120 of 306 


121
 
Konfetlarning namligi korpusining turiga qarab 2 % dan 28 % gacha bo‘ladi. 
Kremli va yong‘oqli konfet massalarida namlik eng kam (2-4%), mevali, likerli, 
kuvlangan konfet massalarida esa namlik eng yuqori (22-28%) miqdorda bo‘ladi. 
Konfetlarda qand miqdori ham o‘zgaruvchan bo‘lib, 9 % dan to 40 % gacha 
miqdorda bo‘ladi. Konfet massasida qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan 
qand miqdori 60% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Sirlangan konfetlarda 
qoplamasining miqdori 22 % dan kam bo‘lmasligi standartlarda ko‘rsatib o‘tilgan. 
 
Draje. Kichik o‘lchamli, yumaloq shaklli, korpus ustida bulama qobig‘i bor 
konfet mahsuloti hisoblanadi. Drajelar ikki qismdan – korpusdan va bulama 
qobiqdan iboratdir. Draje korpusi turli konfet va karamel masalliqlaridan 
tayyorlanadi. Ba’zan draje korpusi sifatida yong‘oq mag‘izi, quruq mevalar
rezavorlar va hokazolar ishlatilishi mumkin. 
Drajelarning sifati GOST 7060-69 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu 
standart talabi bo‘yicha drajening ta’mi va xushbo‘yligi aniq sezilib turadigan 
begona hid va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Tarkibida yog‘ bor draje ta’mi taxir 
bo‘lmasligi, tashqi ko‘rinishi o‘ziga xos, sirtida oqargan, shikastlangan joylari 
bo‘lmasligi kerak. Yaltiratilgan drajening yuzasi silliq, yaltiroq bo‘lishi kerak. 
Ularning rangi bir tekis, aniq ravshan ko‘rinishli, dog‘larsiz bo‘lishi kerakligi talab 
qilinadi. 
Drajening namligi 0,34% dan (qandli drajeda) 9% gachani (har xil turlarida) 
tashkil etadi. Sukatli, sirlangan rezavor mevali va sirlangan mevali drajelarda 
namlik 21% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Drajening bulama qobig‘ida 
qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand moddasining miqdori 4% dan ortiq 
bo‘lmasligi standartlarda ko‘rsatib o‘tilgan. 
Drajelarda nordonlik ham muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Standart 
talabi bo‘yicha drajelarning ko‘p turlarida nordonlik 4

dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Ularda 10% li xlorid kislota eritmasida erimaydigan kul moddasining miqdori esa 
0,1% dan ortiq bo‘lmasligi qayd etilgan. 
Iris. Iris amorf yoki mayda kristalli iris massasidan tayyorlangan sutli 
konfetlarning bir turi hisoblanadi. Iris masalliqlari shakar – patoka sharbatiga sut, 
yog‘lar, ta’m va xushbo‘ylantiruvchi moddalar qo‘shib qaynatib-quyultirilib 
olinadi. Sut o‘rniga ba’zan oqsilga boy yong‘oq mag‘zi, kunjut, soya, 
yeryong‘oqlar ham qo‘shilishi mumkin. Iris tayyorlashda resepturaga muvofiq 
tayyorlangan xom ashyoni vakuum-apparatda qaynatib- quyultirib iris massasi 
hosil qilinadi. So‘ngra bu massani 40-50
0
S gacha sovutiladi, xushbo‘ylantiriladi, 
maxsus mashinalarda cho‘ziladi va kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, rombcha qilib 
qirqiladida, keyin o‘raladi. 
Irisning assortimenti uning ozuqaviy qiymati, ta’m ko‘rsatkichlari, 
strukturasi, shakli va tashqi ko‘rinishiga qarab har xil bo‘ladi. 
Irislarning sifati ham ularning organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari 
asosida GOST 6478-69 standartiga binoan aniqlanadi. 
Irisning yuzasi quruq, yorilmagan, yopishmaydigan, rasmlari aniq bo‘lishi 
kerak. Ularning rangi turiga qarab och-jigar rangdan to to‘q-jigar ranggacha 
bo‘ladi. Shakli to‘g‘ri, kesimi tekis, burchaklari sinmagan va qirralari ezilmagan, 
www.sies.uz
Page 121 of 306 


122
rasmi aniq bo‘lishi kerak. Ularning ta’mi va hidi o‘ziga xos, begona hid va 
ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. 
Irislar sifatini baholashda ham ularning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga 
alohida e’tibor beriladi. Ularning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan biri suv 
miqdori hisoblanadi. Irislarda suv miqdori ularning turiga qarab 6-9% dan ortiq 
bo‘lmasligi kerak. Hamma qandli qandolat mahsulotlaridagi kabi irislarda ham 
qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand miqdori eng muhim ko‘rsatkich 
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich irislarda 17% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Irislarda 
yog‘ miqdori ham me’yorlashtirilgan ko‘rsatkichga kiradi. Yog‘ miqdori irislarda 
4-8% dan kam bo‘lmasligi standartda ko‘rsatib qo‘yilgan. 
Irislarda standart talabi bo‘yicha 10% li xlorid kislotasida erimaydigan kul 
miqdori 0,1% dan, mis tuzlari esa 1 kg mahsulotda 12 mg dan ortiq bo‘lmasligi 
kerak. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling