Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Pastila. Bu mayda g‘ovakli yengil mahsulot. Uni meva-rezavor meva 
bo‘tqasi, tuxumning oqi va shakarga ilvira beruvchi moddalar qo‘shib kuvlash 
yo‘li bilan olinadi. 
Pastila olishda qo‘llaniladigan stabilizator moddasining turiga qarab 
yopishqoq pastila va qaynatma pastila turlari ishlab chiqariladi. Yopishqoq pastila 
olishda asos sifatida yopishqoq-agar-shakar-patoka sharbati ishlatilsa, qaynatma 
pastilada asos sifatida marmelad massasidan foydalaniladi. 
Yopishqoq pastila shakllash usuliga qarab to‘g‘ri burchakli g‘o‘lacha 
ko‘rinishidagi qirqma pastilaga (sutli, qaymoqli, o‘rikli va hokazo) va ikkita yarim 
sferadan iborat, ichiga biron masalliq solingan va massaliq solinmagan sharsimon 
yoki oval shaklidagi mahsulot kuyma (zefir) pastilaga bo‘linadi. 
Qaynatma pastilani to‘g‘ri burchakli qatlar ko‘rinishida (qatlama pastila), 
to‘g‘ri burchak kesimi (qirqma), bir necha qavatli pastila ko‘rinishida quyiladi. 
Pastilaning sifati GOST 6441-69 standarti talabi asosida baholanadi. 
Pastilaning hidi va ta’mi yoqimli, aniq seziladigan, o‘ziga xos, begona 
hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Ularning konsistensiyasi ko‘pchigan qavariq, 
yumshoq, qaynatma pastila esa sal cho‘ziluvchan bo‘ladi. Strukturasi mayda 
g‘ovax, shakli to‘g‘ri, o‘ziga xos bo‘lishi talab etiladi. Yuzasi zefirda qirralari aniq 
taram-taram gulli, pastilada esa bir tekis qand talqoni sepilgan, yupqa kristall jildli 
bo‘ladi. 
Shokoladli qiyom surilgan mahsulotlarda esa yorilgan joylari bo‘lmasligi, 
tagi ko‘rinib qolmagan, tekis yoki to‘lqinsimon qiyom qatlami bo‘lishi kerak. 
Pastilalarning sifatini baholashda ham fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari muhim 
hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan standart talabi bo‘yicha eng muhim fizik-
kimyoviy ko‘rsatkichlaridan biri pastila tarkibidagi suv miqdori hisoblanadi. 
Yopishqoq qirqma pastilalarda suv miqdori 14-20%, qaynatma qirqma 
pastilalarda esa 15-19% ni tashkil etishi kerak. Yopishqoq quyma (zefir) 
pastilalarda esa namlik 12-25% bo‘lishi standartda qayd etilgan. Meva-rezavor 
mevali qandolat mahsulotlarining hamma turlarida ham qaytaruvchanlik 
xususiyatiga ega bo‘lgan qand miqdori me’yorlashtiriladi. Bu ko‘rsatkich 
yopishqoq pastilalarning barcha turlarida 7-14% ni, qaynatma pastilalarning barcha 
turlarida esa 10-20% ni tashkil etishi standartlarda ko‘rsatib qo‘yilgan. 
Qandolat mahsulotlarining tozaligini belgilovchi ko‘rsatkichlardan yana biri 
10% li xlorid kislotasida (HCe) erimaydigan kul miqdori hisoblanadi. 10% li xlorid 
kislotasida erimaydigan kul miqdori pastilalarning ikala turida ham 0,05% dan 
ortiq bo‘lmasligi talab etiladi. 
Marmeladlardan farq qilib pastilalarning sifatini baholashda mahsulotning 
zichligi ham aniqlanishi kerakligi standartda ko‘rsatib qo‘yilgan. Bu ko‘rsatkich 
yopishqoq pastilalarda 0,6-0,7 g/sm
3
dan, qaynatma pastilalarda esa 0,9 g/sm
3
dan 
katta bo‘lmasligi qayd etilgan. 
Ko‘pchilik qandolat tovarlarida og‘ir metallar tuzlari miqdori chegaralanadi. 
Pastila ham ana shunday mahsulotlar qatoriga kiradi. Pastilalar tarkibida 
www.sies.uz
Page 115 of 306 


116
qo‘rg‘oshin va qalay tuzlari bo‘lmasligi, mis tuzining miqdori esa 1 kg mahsulotda 
10 mg dan ortiq bo‘lmasligi kerakligi ko‘rsatib qo‘yilgan.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling