Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Holvalarning sifatiga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday talablar 
qo‘yiladi? 
2. Holvalarning sifatiga fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday 
talablar qo‘yiladi? 
3. Holvalarning organoleptik ko‘rsatkichlarida qanday nuqsonlar uchraydi? 
www.sies.uz
Page 125 of 306 


126
4. Karamelga o‘xshash sharq shirinliklarining sifatiga qanday talablar 
qo‘yiladi? 
5. Yumshoq konfetlarga o‘xshash sharq shirinliklarining sifatiga qanday 
talablar qo‘yiladi? 
6. Unli sharq shirinliklarining sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
7. Sharq shirinliklarining organoleptik ko‘rsatkichlariga qanday talablar 
qo‘yiladi? 
8. Sharq shirinliklarining organoleptik ko‘rsatkichlarida qanday nuqsonlar 
uchraydi? 
 
Shokoladning va kakao-talqonining sifat ekspertizasi 
 
Shokoladning sifat ekspertizasi. Shokoladning sifati ozuqaviy va biologik 
qiymatlari, organoleptik, fizik-kimyoviy hamda xavfsizlik ko‘rsatkichlari asosida 
baholanadi. 
Shokoladning 
organoleptik 
ko‘rsatkichlariga 
shakli, 
yuzasi, 
rangi, 
konsistensiyasi, ta’mi va hidi kiradi. 
Shokoladlarning shakli plitka, baton, medal va boshqa shakllarda bo‘lishi 
mumkin. Ularning shakli to‘g‘ri, sinmagan, shu shokolad turiga mos bo‘lishi 
kerak. 
Shokoladlarning rangi och jigar rangdan to‘q jigar ranggacha bo‘ladi. 
Ko‘pchilik hollarda desert shokoladlari to‘q jigar rangda bo‘ladi. 
Shokoladlarning konsistensiyasi 16-18
0
S da qattiq, sindirib ko‘rilganda 
tuzilishi hamma joyda bir xil, ezilmay qolgan qo‘shimchalar bo‘lmasligi, ya’ni bir 
jinsli bo‘lishi kerak. Shokoladlarni og‘iz bo‘shlig‘ida sinab ko‘rganda shokolad 
qismlari og‘izda sezilmay erib ketishi kerak. 
Shokoladlarning yuzasi silliq, dog‘siz, pufakchalarsiz, kemtik-chuqurchalari 
bo‘lmasligi kerak. 
Shokoladlarning ta’mi va hidi tekshirilayotgan shokolad turiga mos, 
shirinligi va hidi yaqqol sezilib turadigan, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi 
kerak. 
Agar 
shokoladlarga 
qo‘shimchalar 
qo‘shilgan 
bo‘lsa 
ana 
shu 
qo‘shimchalarning ta’mi va hidi ham sezilib turishi kerak. 
Shokoladlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari ham ularning sifatini 
baholashda juda muhim hisoblanadi. Quyidagi 6-jadvalda oddiy va desert 
shokoladlarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari keltirildi 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling