Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Vaflilarning sifat ekspertizasi


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Vaflilarning sifat ekspertizasi. Vafli kichik g‘ovakli yaproqchalar, 
stakanchalar, chig‘anoqlar va boshqa shakllardagi yengil, yuzasi naqshlangan unli 
qandolat mahsulotidir. Ba’zi vaflilar shokolad bilan sirlangan holda ham 
chiqarilishi mumkin. Vaflilarning sifat ekspertizasini o‘tkazishda ularning 
organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratiladi 
Vaflilarning organoleptik ko‘rsatkichlari pechenelarniki singari aniqlanadi. 
Vaflilarning shakli to‘g‘ri, burchakli, butun va tekis bo‘lishi kerak. 
Yuzasidagi naqsh yaqqol ko‘rinib turishi, yorilgan joylari bo‘lmasligi talab etiladi. 
Rangi och sariqdan sariq ranggacha bo‘lib, bir xil bo‘lishi, dog‘lari va 
kuygan joylari bo‘lmasligi kerak. Vafli yaproqchalari sindirib ko‘rilganda 
g‘ovakliklari yaxshi, nachinka bir tekis joylashgan bo‘lishi kerak. Nachinkasi bir 
jinsli, mayin, moysimon, og‘izda tezda eriydigan bo‘lishi talab etiladi. 
Vaflilarning ta’mi va hidi yoqimli, o‘ziga xos, begona ta’m va hidlarsiz bo‘lishi 
kerak. 
Vaflilarning 
sifat 
ekspertizasini 
o‘tkazishda 
fizik-kimyoviy 
ko‘rsatkichlaridan namlik aniqlanadi. Ularda namlik 0,5 % dan 9 % gachani tashkil 
etadi. Standart talabi bo‘yicha vaflilarda umumiy qand miqdori ham ularning 
asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga kiradi. Ularda quruq moddaga 
hisoblaganda umumiy qand miqdori hamirning resepturasiga qarab 0 dan 75 % 
gachani tashkil etadi. Shuningdek, vaflilarda yog‘ miqdori ham chegaralanadi. 
Yog‘ning miqdori vaflilarda resepturasiga qarab 0 dan 42 % gachani tashkil qiladi. 
Ishqorlilik ko‘rsatkichi faqat nachinkasiz vaflilar uchungina harakterlidir va 
bu ko‘rsatkich darajasi 1
0
gacha bo‘lishi standartlarda ko‘rsatib qo‘yilgan. Vaflilar 
uchun yana shunday muhim ko‘rsatkichlardan biri 10 % li xlorid kislotasida 
www.sies.uz
Page 133 of 306 


134
erimaydigan kul miqdori hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichning miqdori vaflilarda 0,1 % 
dan oshmasligi me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatib qo‘yilgan. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling