Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
-jadval Aroqning organoleptik ko‘rsatkichlari
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
11-jadval
Aroqning organoleptik ko‘rsatkichlari Sifat ko‘rsatkichlari Organoleptik tavsifi Tiniqligi Rangsiz, begona qo‘shimchalari bo‘lmagan, yaltirab qo‘rinadigan tiniq suyuqlik. www.sies.uz Page 143 of 306 144 Rangi Rangsiz, tiniq, lekin shaffof emas Loyqa yoki rangli suyuqlik Hidi (xubo‘yligi) Tekshirilayotgan vodka turiga mos, aniq seziluvchan, begona hidlarsiz Tekshirilayotgan vodka turiga mos, kuchli seziluvchan Tekshirilayotgan vodka turiga mos, kuchsiz seziluvchan Tekshirilayotgan vodka turiga mos emas, begona hidga ega Ta’mi Shu turga mos, toza, mayin, begona ta’mlarsiz. Shu turga mos, lekin mayin emas. Shu turga mos, achchiqroq. Shu turga mos emas, begona ta’mga ega. Keyin esa aroqning hidi aniqlanishi kerak. Buning uchun bokalning pastki qismini qo‘l kafti bilan isitib va bir vaqtning o‘zida aromatik moddalarining uchib chiqishini ta’minlash uchun bokal ichida suyuqlik aylantiriladi. Shu asosda olingan natija qayd etiladi. Aroqning xushbo‘yligi aniqlangandan keyin, uning ta’mi aniqlanadi. Buning uchun kamroq miqdordagi vodka og‘izga olinib, uni ma’lum muddat og‘iz bo‘shlig‘ining oldingi qismida ushlanib, keyin esa boshni ozroq orqaga egib, butun og‘iz bo‘shlig‘i namlanadi. So‘ngra sezilgan ta’m darajasi qayd etiladi. Aroqlarning ta’mi va hidi yoqimli, o‘ziga xos, begona hidlariz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Ularda kerosin, rezina kabi hidlar va idishdan o‘tadigan metall ta’mlari kabi begona ta’mlarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yana shuni ham esda tutish kerakki, bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq vodka degustatsiya qilish tavsiya etilmaydi. Bu yerda avvalo eng yuqori sifatga ega bo‘lgan vodkadan boshlab degustatsiya o‘tkaziladi. Har bir namunani degustatsiya qilgandan keyin ozroq muddat tanaffus qilinadi. Aroqlarning sifat ekspertizasini o‘tkazishda ularning organoleptik ko‘rsatkichlaridan tashqari fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari ham aniqlanadi. Ana shunday ko‘rsatkichlardan eng asosiysi aroqda etil spirtining miqdori muhim hisoblanadi. Aroqning tarkibida spirt miqdorini aniqlashda namuna uchun olingan 20 butilka aroq aralashtiriladi. Keyin esa ana shu aralashmadan olinib, spirt miqdori tekshiriladi. Hamma aroqlar uchun ham ishqorlilik ko‘rsatkich 100 ml da 5,5 ml dan oshmasligi kerakligi belgilab qo‘yilgan. Aldegidlar miqdori sirka aldegidiga hisoblaganda 1 l suvsiz spirt tarkibida 8 mg dan oshmasligi standart talabi bo‘yicha o‘rnatilgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Sivush moylarining miqdori 1 l suvsiz spirtda 4 mg dan, efir miqdori (sirka etil efiriga hisoblanganda) 30 mg dan ko‘p bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Aroq ko‘p darajada qalbakilashtiriladigan mahsulotlar qatoriga kiradi. Shu sababli araqlar qanday qalbakilashtirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarni keltiraiz. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling