Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


-BO‘LIM. LAZZATLI MAHSULOTLARNING EKSPERTIZASI


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

4-BO‘LIM. LAZZATLI MAHSULOTLARNING EKSPERTIZASI 
 
Lazzatli mahsulotlarga insonning ovqat hazm qilish va asab sistemasiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi oziq-ovqat tovarlari guruhi kiradi. Lazzat beruvchi moddalarga 
esa etil spirti, organik kislotalar, alkoloidlar, efir moylari, mineral va organik tuzlar 
kiradi. 
Lazzatli mahsulotlar insonning ovqat hazm qilish sistemasiga ta’sir 
ko‘rsatganligi uchun ham ishtahani ochadi va ovqatning hazm bo‘lishiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Shu guruhga kiruvchi ziravorlar va dorivorlar esa tarkibida oqsil, 
yog‘, uglevodlarning kam bo‘lganligi uchun deyarlik energiya manbai 
hisoblanmasada, ularning tarkibida bo‘ladigan efir moylari, glikozidlar, organik 
kislotalar ovqat xazm bo‘lishi jarayoniga faol ta’sir ko‘rsatadi. 
Savdo amaliyotida lazzatli tovarlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: choy, 
qahva, ziravorlar, alkogolli ichimliklar, kuchsiz alkogolli ichimliklar, alkogolsiz 
ichimliklar va tamaki mahsulotlari. Quyida ana shu guruhga kiruvchi oziq-ovqat 
tovarlarining sifat ekspertizasini o‘tkazish va ularning sifatiga talablar bo‘yicha 
ma’lumotlarni keltiramiz. 
 
Kuchli spirtli ichimliklarini tavsifi va sifat ekspertizasi 
 
Etil spirtining sifat ekspertizasi.Rektifikatsiya qilingan etil spirti uch 
navda chiqariladi: ekstra, yuqori darajada tozalangan va 1-chi nav. 
Ekstra etil spirti eng yuqori sifatli donlardan tayyorlanadi. Yuqori darajada 
tozalangan va 1-chi nav spirt esa don; kartoshka yoki kartoshka don aralashmasi; 
kartoshka, don, qand lavlagi aralashmasidan tayyorlanadi. 
Etil spirtining konsentratsiyasi (quvvati) hajm foizlarida yoki graduslarda 
(100 ml suyuqlik tarkibidagi etanolning ml lardagi miqdori), shuningdek og‘irlik 
bo‘yicha foizlarda (100g syuqlik tarkibidagi etanolning g lardagi miqdori) 
o‘lchanadi. Bunda 20
0
S da absolyut spirtning solishtirma og‘irligi 0,78924 
ekanligi hisobga olinadi. 
Etil spirti fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lum bir talablarga 
javob berishi kerak. Bu talablar quyidagi 10-jadval ma’lumotlarida keltirildi. 
Spirt tarkibida uchraydigan uchuvchan begona aralashmalar inson organizmi 
uchun zararli hisoblanadi. Shu sababli ham spirt tarkibida ularning miqdori 
chegaralanadi. Ikkinchidan, bu birikmalar spirtga yomon hid beradi. Demak, spirt 
tarkibida bu birikmalar miqdori qancha kam bo‘lsa, ularning sifati shuncha yuqori 
hisoblanadi. 
Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha etil spirtining hamma navlari rangsiz, 
tiniq, begona aralashmalardan holi bo‘lishi kerak. Hidi va ta’mi qaysi xom 
ashyodan olinganligiga qarab o‘ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi 
kerak.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling