Vino kasalliklari, nuqsonlari va ularni bartaraf etish yo‘llari
Vino sifatining pasayishi asosan vinoda kasallik paydo bo‘lishi,
kamchiliklari va nuqsonlari hisobiga ro‘y beradi.
Vino kasalliklari – bu kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar ta’sirida vino
tarkibida bo‘ladigan chuqur o‘zgarishlardir.Kasallikka chalingan vinolarning
harakterli xususiyatlaridan biri shundaki, bu kasallik sog‘lom vinolarga ham
yuqadi. Shu sababli kasallikka chalingan vinolarni sog‘lom vinolardan tezda
ajratish talab qilinadi. Kasal vinolar smaqlangan idishlar, jihozlar, xonalar
dizenfeksiya qilinishi kerak. Vino kasalliklarini chaqiruvchi mikroorganizmlarin
yo‘q qilishning asosiy usullaridan biri vinolarni pasterizatsiyalash va ularga SO
2
gazi bilan ishlov berish hisoblanadi.
Vino kasalliklarining oldini olishning birdan-bir usuli esa vinolarni
tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyenik normalarga qat’iy rioya qilish
hisoblanadi.
Vinodagi kasalliklar kislorodli va kislorodsiz sharoitlarda yaxshi
rivojlanadigan mikroorganizmlar tomonidan chaqirilishi mumkin.
Kislorodli sharoitda yaxshi rivojlanadigan mikroorganizmlar ta’sirida
vujudga keladigan kasalliklarga vino sveli va sirka kislotali bijg‘ishlarni keltirish
mumkin.
Vino sveli. Bu kasallik asosan oshxonabop vinolarga kislorod ta’sir etib
turadigan sharoitda to‘ldirilmagan idishlarda saqlaganda vujudga keladi. Svelni
chaqiruvchilari asosan maxsus drojlar hisoblanadi. Bu mikroorganizmlar 24-26
0
S
da vino yuzasida intensiv rivojlanadi. Bu drojlar 4
0
dan past va 32
0
S dan yuqori
haroratlarda rivojlana olmaydi. Ular vinolar tarkibida spirt miqdori 12% dan yuqori
bo‘lganda ham rivojlana olmaydi. Shu sabali bu kasallikka faqat oshxonabop
vinolar chalinadi.
Svel bilan kasallangan vinolar avvaliga tiniqligini va rangini o‘zgartirmaydi.
Lekin, bu kasallikning yanada rivojlanib borishi natijasida vino loyqalanib qoladi.
Bunda etil spirti oxirgi mahsulotgacha parchalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |