Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

 
Viski. Viski ham kuchli spirtli ichimlik hisoblanib, uning tarkibida etil 
spirtining miqdori 45% ni tashkil etadi. Viski ichimligining boshqa spirtli 
ichimliklardan asosiy farqi shundaki, viski tayyorlash uchun foydalaniladigan spirt 
javdar, makkajo‘xori yoki arpa donlaridan olinadi. 
www.sies.uz
Page 147 of 306 


148
Viski ichimligining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundan iboratki, 
viski tayyorlashda qo‘llaniladigan spirt eman yog‘ochidan ishlanib, ichki tomoni 
kuydirilgan bochkalarda uzoq muddat yetiliriladi. 
Qaysi xom ashyodan sirt olinganligiga qarab viski javdar, makkajo‘hori va 
aralash donlardan ayyorlangan turlarga bo‘linadi. 
Viski tayyorlash texnologiyasi spirt tayyorlash texnologiyasiga juda yaqin 
turadi. Dondan tayyorlangan atalani maxsus drojlar ta’sirida bijg‘itganda etil spirti 
va viskining o‘ziga xos hidini ta’minlovchi turli xil aromatik moddalar hosil 
bo‘ladi. So‘ngra bijg‘igan ataladan spirt uzluksiz harakatlanuvchan jihozlarda 
haydab olinadi. Haydash natijasida rangsiz, o‘tkir hidli, tarkibida 65-70% etil spirti 
bo‘lgan distillyat hosil bo‘ladi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda uchuvchan 
birikmalar mavjud bo‘ladi. So‘ngra xom spirtga distillangan suv qo‘shib etil spirti 
miqdori 50 % gacha keltiriladi.
Keyin esa bu spirt hajmi 200 l bo‘lgan emaldan tayyorlangan, ichki tomoni 
kuydirilgan bochkalarga quyilib 4 yildan kam bo‘lmagan muddatda yetiltiriladi. 
Viskining yetilish jarayoni rom spirtining yetilish jarayoniga juda-juda o‘xshaydi. 
Natijada spirt eman yog‘ochini kuydirishda hosil bo‘lgan xilma-xil aromatik 
va ta’m beruvchi moddalar bilan boyib, o‘ziga xos hid va ta’mga ega bo‘ladi. 
So‘ngra spirtga distillangan suv, qand sharbati va koler qo‘shib spirt miqdori 45 % 
ga keltiriladi. 
Viski ochiq qo‘ng‘ir tusli rangga, o‘ziga xos xushbo‘ylikka va yoqimli 
achishtiradigan ta’mga ega ichimlikdir. Bu ichimlik Amerika Qo‘shma Shtatlari va 
Angliyada ko‘p tarqalgan ichimlik hisoblanadi. Viskini odatda gazlashtirilgan suv 
bilan suyultirib iste’mol qiladilar.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling