Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Rom. Bu ichimlik rom spirtidan tayyorlanib, kuchli spirtli ichimliklar qatoriga kiradi. Rom spirti shakarqamish sharbatini va shakarqamishdan shakar olgandan keyin qoladigan masalarni bijg‘itish yo‘li bilan olinadi. Rom ishlab chiqarishda tarkibida quruq moddasi 14-16 %, shundan 10-12 % qand bo‘lgan atala (susla) ishlatiladi. Ana shu atala dastlab maxsus drojlar yordamida bijg‘itiladi. Bijg‘ish natijasida spirtdan tashqari ma’lum miqdorda uchuvchan organik kislotalar, murakkab efirlar, aldegidlar, yuqori molekulali spirtlar hosil bo‘ladi. Ana shu birikmalar romga o‘ziga xos intensiv hid beradi. Bijg‘ish jarayoni kuzatilib atala tarkibida 5-6 % miqdorida qand qolganda unga moy kislotasi bakteriyalarining toza tomizg‘isi qo‘shiladi. Buning natijasida rom hidini beradigan moy-etil efirlari va moy kislotalari hosil bo‘ladi. Atalaning ana shunday bijg‘ishi natijasida unda 4,8-5,2 % miqdorida etil spirti, qand bo‘lmagan moddalar va uchuvchan birikmalar hosil bo‘ladi. Ana shu uchuvchan birikmalar qatoriga organik kislotalar (sirka, chumoli, propian, moy, kapron, kapril), aldegidlar (sirka, propil, butil, izobutil, izoamin) va bir necha xil efirlarni kiritish mumkin. So‘ngra ana shu bijg‘igan xom ashyodan haydash yo‘li bilan rom spirti olinadi. Rom spirti rangsiz tiniq suyuqlik bo‘lib, hidi aniq seziluvchan bo‘ladi. Uning tarkibida etil spirtining miqdori 60 % ni tashkil etadi. Ana shu spirtga distillangan suv qo‘shilib quvvatini 50 % ga keltiriladi va bu spirtni yangi emal bochkalarda 4-5 yil davomida tutib turiladi. Uzoq muddat tutib turish jarayonida emal yog‘ochidan spirtga oshlovchi, rang beruvchi va boshqa moddalar ekstraksiya bo‘lib o‘tadi. Ana shu jarayonni rom spirtining yetilishi deb yuritiladi. Bu jarayon juda murakkab hisoblanib, ana shu jarayonda bo‘ladigan o‘zgarishlar hisobiga rom spirtining o‘ziga xos ta’mi, xushbo‘y hidi va rangi shakllanadi. Yetilgan rom spirti distillangan suv, qand, sharbat, qora olg‘o‘ri morsi va murakkab efirlar eritmalari bilan aralashttiriladi, so‘ngra rom suzilib, butilkalarga quyiladi. Romlar kislota, efir, aldegidlar va yuqori molekulali spirtlarning umumiy miqdori bo‘yicha oddiy, o‘rtacha va yuqori efirli guruhlarga bo‘linadi. Yuqori efirli romlarda kislota, efir, aldegid va yuqori molkulali spirtlarning 100 g ayubsolyut spirtdagi miqdori 550-900 mg ni tashkil etadi. Rom spirtli ichimlik sifatida ishlatilibgina qolmasdan, qandolatchilikda, liker-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling