Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pechene, kreker va galetlarning sifati
Takrorlash uchun savollar:
1. Standart talabi bo‘yicha shokoladlarning organoleptik ko‘rsatkichlariga qanday talablar qo‘yiladi? 2. Shokoladlarning sifatini baholashda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan qaysilari eng muhim hisoblanadi? 3. Shokoladda namlik necha foiz bo‘lishi kerak? 4. Shokoladlarda umumiy qand miqdori necha foiz bo‘lishi kerak? 5. Nima uchun shokoladlarda 10 % li NSl eritmasida erimaydigan kul moddasining miqdori chegaralanadi? 6. Xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha shokoladlarda qaysi zaharli elementlar miqdori chegaralanadi? 7. Shokoladlarda qanday nuqsonlar uchraydi? 8. Kakao talqonining sifatiga organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday talablar qo‘yiladi? Pechen’e, kreker va galetlarning sifat ekspertizasi Unli qandolat mahsulotlari qandolat mahsulotlarining katta guruhini tashkil etib, ular uglevod, yog‘, oqsillarga boyligi bilan ajralib turadi. Shu sababli bu mahsulotlar yuqori energiya manbai hisoblanib, juda mazali va to‘yimlidir. Unli qandolat mahsulotlarini tayyorlash uchun xomashyo sifatida bug‘doy uni, qand, yog‘, tuxum, sut, tuz, hamirni ko‘pirtiruvchi kimyoviy moddalar, ta’m beruvchi va boshqa qo‘shimcha mahsulotlar ishlatiladi. Xom ashyoning turiga va tayyorlash jarayonlari texnolgiyasiga qarab unli qandolat mahsulotlari pechen’elar, kreker (quruq pechen’elar), galetlar, pryaniklar, vafli, pirojniylar, tortlar, kekslar, ruletlar va boshqa turlarga bo‘linadi. Pechenelar unli qandolat mahsulotlarining eng ko‘p tarqalgan turlaridan biridir. Pechen’elar resepturasiga va tayyorlash usuliga qarab qandli, cho‘ziluvchan hamirdan tayyorlangan (shirmoy) pechen’elarga bo‘linadi. Pechene, kreker va galetlarning sifati ham boshqa qandolat mahsulotlarining sifati kabi organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. Pechenelarning organoleptik ko‘rsatkichlariga shakli, yuzasi, rangi, ta’mi va hidi, sindirib ko‘rilganda kesimining holati kabi ko‘rsatkichlar kiradi. Pechenelarning shakli kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana, halqasimon, har xil shakllarda bo‘lishi mumkin. Hamma hollarda ham shakli to‘g‘ri, pechenelar sinmagan, butun, shu mahsulotga xos bo‘lishi kerak. Pechenelarning yuzasi har xil pechenelarda bir xil emas. Shakarli pechenelarning yuz tamoni silliq, ko‘pchigan, uvoqlari yopishgan joyi, chuqurchalari bo‘lmasligi kerak. Pechene yuzasidagi bezaklari aniq ko‘rinib turishi www.sies.uz Page 129 of 306 130 talab etiladi. Galet va krekerlar yuzasida mayda yorilmagan pufakchalari, teshikchalari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Pechenelarning rangi hamma joyida bir xil, och-sariq rangdan tilla ranggacha bo‘lishi kerak. Pechenelar sindirilib ko‘rilganda yaxshi pishgan bo‘lishi, g‘ovakchalari bir xil, bo‘shliqlar, yaxshi aralashmagan hamir qismlari bo‘lmasligi kerak. Galet va krekerlar sindirib ko‘rilganda qat-qat bo‘lishi, g‘ovaklari bir tekis bo‘lmasligiga ruxsat etiladi. Pechenelarning ta’mi va hidi yoqimli, yaqqol sezilib turishi, shu mahsulot turiga mos bo‘lishi, begona ta’m va hidlar bo‘lmasligi kerak. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling