Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Sharq shirinliklarining sifat ekspertizasi


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Sharq shirinliklarining sifat ekspertizasi. Sharq shirinliklari qandolat 
mahsulotlarining katta guruhi hisoblanib, ularning assortimenti 180 dan ortiq 
nomni tashkil etadi. Bu qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda shakar, patoka, 
yog‘, asal kraxmal va har xil ziravorlar ishlatiladi. 
Ishlatiladigan xom ashyoning turiga, ishlab chiqarish usuli va ta’m 
xususiyatlariga qarab sharq qandolatlari 3 guruhga bo‘linadi: karamelga o‘xshash, 
konfetlarga o‘xshash va unli sharq shirinliklari. 
Karamelga o‘xshash sharq shirinliklari qattiq konsistesiyaga ega bo‘lib, ular 
bir-biridan shakli, o‘lchamlari, tarkibi va karamel massasiga qanday bezak 
berilishiga qarab farq qiladi. Ko‘pchilik hollarda bu qandolat mahsulotlari shakar, 
patoka va shakar-asal sharbatini qaynatib o‘uyultirib, issiq karamel massasiga 
yong‘oq, kunjut va boshqa mag‘izlarni qo‘shib, hosil bo‘lgan massaga ma’lum bir 
shakl berilib, sovutiladi va joylanadi. 
Bu guruhga bodom, yong‘oq, yeryong‘oq, kunjut urug‘i, o‘rik danagidan 
tayyorlangan grilyajlar kiradi. 
Cho‘ziluvchan karamel massasidan esa parvarda, shakar-pandir va feshmak 
kabi shirinliklar tayyorlanadi. Xudi shuningdek, bu guruhga novvot, kosholva, 
tuzlanib qovurilgan pista, bodom, yeryong‘oq, o‘rik mag‘izlari kabi shirinliklarni 
ham kiritish mumkin. 
Konfetlarga o‘xshash sharq shirinliklari asosan sutli yoki qaymoqli 
pomadalarga maydalangan yong‘oq mag‘izlari, sukatlar, quritilgan mevalar 
qo‘shib ishlangan mahsulotlardir. Bu guruhga qaymoq, palen, limon, mandarin, 
www.sies.uz
Page 124 of 306 


125
kunjut, yong‘oqlardan tayyorlangan Nuga, yong‘oqli, sutli sherbetlarni, Rohat-
lukum va boshqa sharq shirinliklarini kiritish mumkin. 
Undan qilingan sharq shirinliklari ko‘p miqdorda yog‘, qand, yong‘oq asal, 
dorivorlar (qalampirmunchoq, dolchin, za’faron) qo‘shib achitilgan hamirdan 
pishiriladi. Bu guruhga Shakar-churek, Shakar-puri, Shakar-lukum, Boku karabesi, 
Qatlama paxlava, Yog‘li paxlava, Suxumi paxlavasi kabi sharq shirinliklarini 
kiritish mumkin. 
Karamelga o‘xshash sharq shirinliklarning sifati OST 18-140-73 standarti 
talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha karamelga o‘xshash sharq 
shirinliklarining ta’mi va hidi o‘ziga xos, shirin, yoqimli, begona ta’mlarsiz va 
hidlarsiz bo‘lishi kerak. Shakli to‘g‘ri, deformatsiyalanmagan bo‘lishi kerak. Bu 
guruhga kiruvchi sharq shirinliklarining ba’zilarida qalinligi ham muhim 
ko‘rsatkich hisoblanadi. Masalan, trilyajlarning qalinligi 10 mm dan, 
Kozinaklarning qalinligi esa 12 mm dan ortiq bo‘lmasligi talab qilinadi. 
Konsistensiyasi esa turiga qarab yumshoqdan to qattiq konsistensiyagacha bo‘ladi. 
Karamel massasi bilan sirlangan mahsulotlarda esa yuzasi silliq, sir qatlami bir 
tekis taqsimlangan bo‘lishi kerak. Bu tur sharq shirinliklarining eng asosiy fizik-
kimyoviy ko‘rsatkichlari namligi va umumiy qand miqdori hisoblanadi. Masalan 
novvotlarda namlik 0,7% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Umumiy qand miqdori esa 
(saharoza bo‘yicha) resepturaga mos bo‘lishi kerak. 
Yumshoq konfetlarga o‘xshash sharq shirinliklarining sifati OST 18-157-74 
standarti talabiga mos bo‘lishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha yumshoq 
konfetlarga o‘xshash sharq shirinliklarining ta’mi va hidi o‘ziga xos, begona 
ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Shakli esa to‘g‘ri, aynan shu mahsulot turiga 
xos, deformatsiyalanmagan bo‘lishi kerak. Ularning konsistensiyasi esa yarim 
qattiq, yopishqoqroq cho‘ziluvchan bo‘ladi. Bu tur mahsulotlar uchun ham namlik 
va umumiy qand miqdori eng asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlardan hisoblanib, 
uning darajasi resepturaga mos kelishi kerak. 
Unli sharq shirinliklarining sifati esa OST 18-157-74 standarti talabiga 
binoan baholanadi. Bu standart talabi bo‘yicha ularning ta’mi va hidi o‘ziga xos, 
begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Mahsulot yaxshi pishgan, ichida 
aralashmay qolgan un zarrachalari bo‘lmasligi kerak. Mahsulotga xos, 
deformatsiyalanmagan bo‘lishi talab etiladi. Unli sharq shirinliklarining standart 
talabi bo‘yicha aniqlanadigan eng asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga namlik, 
yog‘ va umumiy qand miqdorlari kiradi. Bu ko‘rsatkichlar darajasi mahsulot 
tayyorlash resepturasiga mos bo‘lishi kerak. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling