Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Takrorlash uchun savollar: 1. Standart talabi bo‘yicha konfetlarning organoleptik ko‘rsatkichlariga qanday talablar qo‘yiladi? 2. Konfetlarning sifatini baholashda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan qaysilari eng muhim hisoblanadi? 3. Konfet massasida qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand miqdori necha foizni tashkil etadi? 4. Qaysi tur konfetlarda yog‘ miqdori bo‘yicha talablar o‘rnatiladi? 5. Sirlangan konfetlarda qoplamasining miqdori necha foiz bo‘lishi talab etiladi. 6. Konfetlarning xavfsizlik ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi? 7. Konfetlarda uchraydigan nuqsonlarni tushuntirib bering. 8. Konfetlarni saqlash jarayonida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi va bu o‘zgarishlar konfet sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Holva va sharq shirinliklarining sifat ekspertizasi Holva. Holva qat-qat tolasimon strukturaga ega bo‘lgan, yuqori koloriyali qandolat mahsulotlari hisoblanadi. Holva tarkibida 45% gacha qand, 30% gacha yog‘, 12% gacha oqsil, 1,8-2,9% mineral moddalar va V 1 , V 2 , RR vitaminlari bo‘ladi. Holva arabcha so‘z bo‘lib «shirinlik» degan ma’noni anglatadi. Holva olish uchun asosiy xom ashyo sifatida qand, patoka, yong‘oq mag‘zi, kunjut, kungaboqar urug‘i, kakao talqoni, xushbuylantiruvchi moddalar ishlatiladi. Ko‘pik hosil qilish uchun esa yetmak eritmasi ishlatiladi. Holvaning sifati GOST 6502-69 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha holvaning ta’mi va hidi aniq seziluvchan, yoqimli, shirin, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Holvaning rangi esa qanday xom ashyodan tayyorlanganligiga qarab har xil bo‘ladi. Masalan, kunjutdan olingan holvalar krem rangli, yeryong‘oqdan tayyorlangan holvalar sariq-ko‘kish, yong‘oqlardan tayyorlangan holvalar och-sarg‘ich, kungaboqar holvasi ko‘kish, shokaladli holva esa bir tusli och-qo‘ng‘irdan to qo‘ng‘ir ranggacha bo‘ladi. Sifatini baholashda konsistensiyasi ham holvalar uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Holvalarning konsistensiyasi uqalanuvchan, pichoq bilan oson kesiladigan bo‘lishi talab etiladi. Sindirib ko‘rilganda ularning kesimi qat-qat tolasimon shaklda bo‘ladi. Holvalarning sirti esa yopishqoq bo‘lmasligi kerak. www.sies.uz Page 123 of 306 124 Shokolad bilan sirlangan holvalarning sifatida shokolad massasi bir tekis taqsimlangan, oqib chiqmagan, dog‘siz bo‘lishi kerak. Yuqorida qayd etilgan standart talabi bo‘yicha holvalarning sifatini baholashda ularning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan biri suv miqdori, ya’ni holvaning namligi hisoblanadi. Holvaning namligi 4% dan ortiq bo‘lmasligi standartda ko‘rsatib qo‘yilgan. Holvalarning sifatini baholashda aniqlanadigan ikkinchi muhim ko‘rsatkich holva tarkibida qand miqdori hisoblanadi. Holvada umumiy qand miqdori 25-45% ni (saharoza bo‘yicha) tashkil etadi. Shulardan qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand miqdori esa 20% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Holva tarkibida ko‘p yog‘ to‘playdigan urug‘lardan olinganligi uchun ham uning tarkibida yog‘ miqdori hissasi me’yorlashtiriladi. Standart talabi bo‘yicha holvada yog‘ miqdori 25-30% bo‘lishi talab etiladi. Boshqa qandolat mahsulotlaridagi singari holvalar tarkibida ham 10% li xlorid kislota eritmasida erimaydigan kul miqdori chegaralanadi. Holvalar tarkibida umumiy kul miqdori 1,9% dan, 10% li xlorid kislotasida erimaydigan kul miqdori esa 0,1% dan ko‘p bo‘lmasligi talab qilinadi. Shokolad massasi bilan sirlangan holvalarda esa qoplamaning miqdori ham me’yorlashtiriladi. Standart talabi bo‘yicha ana shu shokolad qoplamasi massasi holvaning umumiy massasining 29% idan kam bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, holvalar tarkibida ham qo‘rg‘oshin va mishyak tuzlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Miz tuzlari miqdori esa 1 kg mahsulotda 12 mg dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling