Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
-jadval Karamel mahsulotlarida zaharli unsurlarning, mikotoksinlarning, pestitsid
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
4-jadval
Karamel mahsulotlarida zaharli unsurlarning, mikotoksinlarning, pestitsid, radionuklidlarning ruxsat etilishi mumkin bo‘lgan darajasi Ko‘rsatkichlar Ruxsat etilishi mumkin bo‘lgan miqdor, mg/kg, ko‘p bo‘lmasligi kerak Zaharli unsurlar Qo‘rg‘oshin 1,0 Mish’yak 1,0 Kadmiy 0,1 Simob 0,01 Mis 15,0 Rux 50,0 Mikotoksinlar Aflotoksin V1 0,005 Pestitsidlar Asosiy komponentning miqdori va har bir tur pestitsidlarning ruxsat etiladigan miqdori bilan o‘rnatiladi Xom ashyoda nazorat qilinadi Radionuklidlar Seziy-137 140 Bk/kg Stronsiy-90 100 Bk/kg Karamellarda ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi va saqlash bilan bog‘liq nuqsonlar uchrashi mumkin. Masalan, meva-rezavor mevali, sutli nachinkalar tayyorlashda ularni keragidan ortiqcha darajada qaynatish, quyultirish hid beruvchi moddalarning uchib ketishiga, nachinkaning qorayishiga, karamellizatsiyaga uchragan qand ta’mining paydo bo‘lishiga va massasining yopishqoq bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, nachinkada namlikning ko‘p bo‘lishi esa, karamelni saqlaganda karamel massasi nachinkada erib ketishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shuningdek, karamellarga shakl berishda tegishli haroratga rioya qilmaslik karamel yuzasida yoriqchalar paydo bo‘lishiga va karamel shaklining buzilishiga olib keladi. www.sies.uz Page 118 of 306 119 Karamellarni saqlash jarayonida ro‘y beradigan asosiy nuqsonlardan biri karamel yuzasining nam tortishi va karamelning erib qolishi hisoblanadi. Bu nuqson yuqorida aytilgandek, karamel massasidagi qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand moddasining miqdoriga va karamelning qanday nisbiy namlikda saqlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Karamellarda qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand moddasining standartdagi miqdoridan ko‘p bo‘lishi karamelning nam tortish qobiliyatini kuchaytiradi. Ikkinchidan, karamellar havoning nisbiy namligi yuqori bo‘lgan sharoitda saqlansa ham tezda nam tortib, eruvchan bo‘lib qoladi. Karamellarni saqlash jarayonida bo‘ladigan nuqsonlardan biri karamel massasining qotib, krisstallashib qolishi hisoblanadi. Bu nuqson karamel massasida qaytaruvchan qand moddasining juda kam bo‘lishidan va karamellarni juda quruq xonalarda uzoq saqlash jarayonida paydo bo‘ladi. Ba’zan nachinkasi tarkibida yog‘ bor karamellar uzoq saqlansa, yog‘ning oksidlanishi natijasida karamellarda achchiq ta’m ham paydo bo‘lishi mumkin. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling