Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Konfet mahsulotlarini joylashtirish, tamg‘alash va saqlash


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Konfet mahsulotlarini joylashtirish, tamg‘alash va saqlash 
Ko‘pchilik shokolad bilan sirlangan konfetlar va sirlanmagan konfetlar 
o‘ralgan holda chiqariladi. Konfetlar bitta etiketka qog‘oziga, etiketka bilan ichki 
qog‘ozga, etiketka bilan folga va ichki qog‘ozga, etiketka bilan folgaga yoki 
folganing o‘ziga o‘ralgan bo‘lishi mumkin. Etiketkalar chiroyli bezatilgan bo‘lib, 
ularda tayyorlangan korxona, uning qayerdaligi, konfetning nomi ko‘rsatilishi 
kerak. 
Konfetlar 
donalab 
sotiladigan, 
tarozida 
tortib 
sotiladigan 
yoki 
qadoqlangan(qutichalarga, selofan yoki polietilen paketlarga) bo‘lishi mumkin. 
O‘ralmagan konfetlar hamma hildagi yashiklarga sof massasini 10 kg dan 
oshirmay, o‘ralganlari esa taxta yoki faner yashiklarga 15 kg dan oshirmay 
joylanadi.
Konfet va drajelar oddiy usullar bilan tamg‘alanadi. Konfet joylangan tashqi 
idishlarga «Quruq joyda saqlansin», «Quruq va sovuqroq joyda saqlansin» yoki 
«Qattiq urilmasin» singari manipulyatsion tamg‘alar bosiladi. 
Konfet mahsulotlari quruq, harorati 18
0
S dan va havoning nisbiy namligi 75 
% dan ortiq bo‘lmagan quruq va ozoda xonalada saqlanadi.
Konfet mahsulotlarining kafolatlangan saqlash muddatlari quyidagicha: 
shokolad bilan sirlangan konfetlarning o‘ralgani –4 oy, o‘ralmagani –3 oy, yog‘li 
shakar qiyomi bilan sirlangan va sirlanmagan konfetlar-2 oygacha. Eng ko‘p 
saqlanish muddatiga ega bo‘lgan konfet mahsulotlariga karamelsimon irislar 
kiradi. Ularning saqlanish muddati 6 oy qilib, belgilangan. Drajelar ham tashqi 
tomondan bulama qobig‘i mavjudligi sababli saqlashga bardoshli mahsulot 
hisoblanadi. Masalan, qandli drajelarning kafolatlangan saqlash muddati 3 oy qilib, 
shokoladli drajelarning saqlash muddati esa 2 oy qilib belgilangan. 
Ko‘pgina konfet mahsulotlari uzoq saqlanmasdan, tezda buziladi. Ularda 
bo‘ladigan asosiy o‘zgarishlarga konfetlarning qurib qolishi, namlanishi, yog‘ 
moddasining oksidlanib achib qolishi kabi o‘zgarishlar kiradi. Ko‘pincha 
pomadali, marsipanli, mevali, kuvlangan konfet massalari qurishga moyil 
hisoblanadi. Buning oldini olish uchun ba’zan tayyor pomadali massaga invertaza 
fermenti preparatini qo‘shadilar. Bu ferment preparati saharozani parchalab, suyuq 
fazaning ko‘payishini kelirib chiqaradi. 
www.sies.uz
Page 122 of 306 


123
Karamelga o‘xshash massalar, masalan iris massalari namlanib qolishga 
juda moyil hisoblanadi. Ba’zi konfet massalarida qandning kristallanib qolish 
holatini ham kuzatish mumkin. 
Shuningdek, tarkibida yog‘ mavjud bo‘lgan konfetlar (sutli, yong‘oqli) yog‘ 
moddasining havo kislorodi ta’sirida oksidlanishi sababli buzilib, sifatini 
yo‘qotishi mumkin. Ularda namlik qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha tez buzilish holati 
kuzatiladi. Konfetlar uzoq saqlansa ular o‘ziga xos xushbo‘yligini ham yo‘qotadi. 
Tarkibida shokolad va yong‘oq mavjud bo‘lgan konfetlar hasharot-
zararkunandalar bilan ham zararlanishi mumkin. Shu sababli, konfetlarni 
saqlaganda ana shu nuqsonlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling