Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
5-jadval Konfetlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkichlarning nomi va me’yorlari Konfet korpusi nomi va konfet nachinkasi Suv miqdori, %, ko‘p bo‘lmasligi kerak Umumiy qand miqdori, %, ko‘p bo‘lmasligi kerak Yog‘ miqdori, %, ko‘p bo‘lmasligi kerak Qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand miqdori, %, ko‘p bo‘lmasligi kerak Pomadali va sutli konfet korpusi 19,0 - - - Mevali, jeleli, jele- mevali 16,0 - - - Marsipanli 16,0 75,0 - - Yong‘oq (pralin) konfet korpusi 4,0 65,0 21,0 - Kuvlangan korpus massasi 25,0 - - - Krem konfet massasi 19,0 - - - Grillen konfet massasi 6,0 - - - Meva-grilyaj konfet massasi 25,0 - - 60 Sukat va quruq mevalardan tashkil topgan konfet korpusi 30,0 - - - Qandolatchilik yog‘lari asosida olingan konfet korpusi 5,0 - - - www.sies.uz Page 120 of 306 121 Konfetlarning namligi korpusining turiga qarab 2 % dan 28 % gacha bo‘ladi. Kremli va yong‘oqli konfet massalarida namlik eng kam (2-4%), mevali, likerli, kuvlangan konfet massalarida esa namlik eng yuqori (22-28%) miqdorda bo‘ladi. Konfetlarda qand miqdori ham o‘zgaruvchan bo‘lib, 9 % dan to 40 % gacha miqdorda bo‘ladi. Konfet massasida qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand miqdori 60% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Sirlangan konfetlarda qoplamasining miqdori 22 % dan kam bo‘lmasligi standartlarda ko‘rsatib o‘tilgan. Draje. Kichik o‘lchamli, yumaloq shaklli, korpus ustida bulama qobig‘i bor konfet mahsuloti hisoblanadi. Drajelar ikki qismdan – korpusdan va bulama qobiqdan iboratdir. Draje korpusi turli konfet va karamel masalliqlaridan tayyorlanadi. Ba’zan draje korpusi sifatida yong‘oq mag‘izi, quruq mevalar, rezavorlar va hokazolar ishlatilishi mumkin. Drajelarning sifati GOST 7060-69 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha drajening ta’mi va xushbo‘yligi aniq sezilib turadigan begona hid va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Tarkibida yog‘ bor draje ta’mi taxir bo‘lmasligi, tashqi ko‘rinishi o‘ziga xos, sirtida oqargan, shikastlangan joylari bo‘lmasligi kerak. Yaltiratilgan drajening yuzasi silliq, yaltiroq bo‘lishi kerak. Ularning rangi bir tekis, aniq ravshan ko‘rinishli, dog‘larsiz bo‘lishi kerakligi talab qilinadi. Drajening namligi 0,34% dan (qandli drajeda) 9% gachani (har xil turlarida) tashkil etadi. Sukatli, sirlangan rezavor mevali va sirlangan mevali drajelarda namlik 21% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Drajening bulama qobig‘ida qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand moddasining miqdori 4% dan ortiq bo‘lmasligi standartlarda ko‘rsatib o‘tilgan. Drajelarda nordonlik ham muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Standart talabi bo‘yicha drajelarning ko‘p turlarida nordonlik 4 0 dan kam bo‘lmasligi kerak. Ularda 10% li xlorid kislota eritmasida erimaydigan kul moddasining miqdori esa 0,1% dan ortiq bo‘lmasligi qayd etilgan. Iris. Iris amorf yoki mayda kristalli iris massasidan tayyorlangan sutli konfetlarning bir turi hisoblanadi. Iris masalliqlari shakar – patoka sharbatiga sut, yog‘lar, ta’m va xushbo‘ylantiruvchi moddalar qo‘shib qaynatib-quyultirilib olinadi. Sut o‘rniga ba’zan oqsilga boy yong‘oq mag‘zi, kunjut, soya, yeryong‘oqlar ham qo‘shilishi mumkin. Iris tayyorlashda resepturaga muvofiq tayyorlangan xom ashyoni vakuum-apparatda qaynatib- quyultirib iris massasi hosil qilinadi. So‘ngra bu massani 40-50 0 S gacha sovutiladi, xushbo‘ylantiriladi, maxsus mashinalarda cho‘ziladi va kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, rombcha qilib qirqiladida, keyin o‘raladi. Irisning assortimenti uning ozuqaviy qiymati, ta’m ko‘rsatkichlari, strukturasi, shakli va tashqi ko‘rinishiga qarab har xil bo‘ladi. Irislarning sifati ham ularning organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari asosida GOST 6478-69 standartiga binoan aniqlanadi. Irisning yuzasi quruq, yorilmagan, yopishmaydigan, rasmlari aniq bo‘lishi kerak. Ularning rangi turiga qarab och-jigar rangdan to to‘q-jigar ranggacha bo‘ladi. Shakli to‘g‘ri, kesimi tekis, burchaklari sinmagan va qirralari ezilmagan, www.sies.uz Page 121 of 306 122 rasmi aniq bo‘lishi kerak. Ularning ta’mi va hidi o‘ziga xos, begona hid va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Irislar sifatini baholashda ham ularning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor beriladi. Ularning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan biri suv miqdori hisoblanadi. Irislarda suv miqdori ularning turiga qarab 6-9% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Hamma qandli qandolat mahsulotlaridagi kabi irislarda ham qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand miqdori eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich irislarda 17% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Irislarda yog‘ miqdori ham me’yorlashtirilgan ko‘rsatkichga kiradi. Yog‘ miqdori irislarda 4-8% dan kam bo‘lmasligi standartda ko‘rsatib qo‘yilgan. Irislarda standart talabi bo‘yicha 10% li xlorid kislotasida erimaydigan kul miqdori 0,1% dan, mis tuzlari esa 1 kg mahsulotda 12 mg dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling