Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Takrorlash uchun savollar:
1. Karamellarning sifatiga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday talablar qo‘yiladi? 2. Karamellarning konsistensiyasining amorf bo‘lishini nima ta’minlaydi? 3. Karamel massasida namlik necha foizni tashkil etadi? 4. Karamellarning sifatiga fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday talablar qo‘yiladi? 5. Nima uchun karamel massasida qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand miqdori chegaralanadi? 6. Nachinkali karamellarda nachinka miqdori necha foizni tashkil etishi kerak? 7. Karamellarda 10 % li NCl eritmasida erimaydigan kul miqdori nima uchun chegaralanadi? 8. Karamellarning xavfsizlik ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi? Konfet mahsulotlarining sifat ekspertizasi Konfetlarning sifat ekspertizasi davlat standartlarida ko‘rsatilgan uslublar orqali organoleptik, fizik-kimyoviy, mikrobiologik ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida o‘tkaziladi. Organoleptik ko‘rsatkichlarini tekshirish GOST 5897-90. «Konditer mahsuloti. Sifatini organoleptik usul bilan aniqlash» deb yuritiladigan davlat standarti talabi asosida olib boriladi. Standart talabi bo‘yicha konfetlarning organoleptik ko‘rsatkichlariga shakli, yuzasinng holati, strukturasi, ta’mi va hidi kabi ko‘rsatkichlari kiradi. Konfetlarning shakli to‘g‘ri, shu konfet turiga mos, deformatsiya uchragan joylari bo‘lmasligi kerak. Sirlanmagan konfetlarning yuzasi quruq, toza, yopishqoq bo‘lmasligi kerak. Pomadali konfetlarda oqargan dog‘lari, kristallashib qolgan joylari ham bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sirlangan konfetlarning yuzasi silliq, yaltiroq, sirlari bir tekis, www.sies.uz Page 119 of 306 120 shikastlangan joylari bo‘lmasligi kerak. Kuvlangan, jeleli korpusli konfetlarning qobig‘ida konfet massasi ko‘rinib qolmagan darajada yorilgan joylari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Konfet turi qandayligiga qarab korpusining konsistensiyasi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, pomadadagi konfetlarda massa og‘izda tez eriydigan, mayda kristalli, kremlarda yumshoq, yong‘oqligida yog‘liroq, kuvlanganida ko‘pchigan, yengil bo‘ladi. Konfetlarning ta’mi va hidi esa shirin, yoqimli, o‘ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Konfetlarda standart talabi bo‘yicha suv, qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand va yog‘ miqdori aniqlanadi (5-jadval). Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling