Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Pastila. Bu mayda g‘ovakli yengil mahsulot. Uni meva-rezavor meva
bo‘tqasi, tuxumning oqi va shakarga ilvira beruvchi moddalar qo‘shib kuvlash yo‘li bilan olinadi. Pastila olishda qo‘llaniladigan stabilizator moddasining turiga qarab yopishqoq pastila va qaynatma pastila turlari ishlab chiqariladi. Yopishqoq pastila olishda asos sifatida yopishqoq-agar-shakar-patoka sharbati ishlatilsa, qaynatma pastilada asos sifatida marmelad massasidan foydalaniladi. Yopishqoq pastila shakllash usuliga qarab to‘g‘ri burchakli g‘o‘lacha ko‘rinishidagi qirqma pastilaga (sutli, qaymoqli, o‘rikli va hokazo) va ikkita yarim sferadan iborat, ichiga biron masalliq solingan va massaliq solinmagan sharsimon yoki oval shaklidagi mahsulot kuyma (zefir) pastilaga bo‘linadi. Qaynatma pastilani to‘g‘ri burchakli qatlar ko‘rinishida (qatlama pastila), to‘g‘ri burchak kesimi (qirqma), bir necha qavatli pastila ko‘rinishida quyiladi. Pastilaning sifati GOST 6441-69 standarti talabi asosida baholanadi. Pastilaning hidi va ta’mi yoqimli, aniq seziladigan, o‘ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Ularning konsistensiyasi ko‘pchigan qavariq, yumshoq, qaynatma pastila esa sal cho‘ziluvchan bo‘ladi. Strukturasi mayda g‘ovax, shakli to‘g‘ri, o‘ziga xos bo‘lishi talab etiladi. Yuzasi zefirda qirralari aniq taram-taram gulli, pastilada esa bir tekis qand talqoni sepilgan, yupqa kristall jildli bo‘ladi. Shokoladli qiyom surilgan mahsulotlarda esa yorilgan joylari bo‘lmasligi, tagi ko‘rinib qolmagan, tekis yoki to‘lqinsimon qiyom qatlami bo‘lishi kerak. Pastilalarning sifatini baholashda ham fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari muhim hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan standart talabi bo‘yicha eng muhim fizik- kimyoviy ko‘rsatkichlaridan biri pastila tarkibidagi suv miqdori hisoblanadi. Yopishqoq qirqma pastilalarda suv miqdori 14-20%, qaynatma qirqma pastilalarda esa 15-19% ni tashkil etishi kerak. Yopishqoq quyma (zefir) pastilalarda esa namlik 12-25% bo‘lishi standartda qayd etilgan. Meva-rezavor mevali qandolat mahsulotlarining hamma turlarida ham qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand miqdori me’yorlashtiriladi. Bu ko‘rsatkich yopishqoq pastilalarning barcha turlarida 7-14% ni, qaynatma pastilalarning barcha turlarida esa 10-20% ni tashkil etishi standartlarda ko‘rsatib qo‘yilgan. Qandolat mahsulotlarining tozaligini belgilovchi ko‘rsatkichlardan yana biri 10% li xlorid kislotasida (HCe) erimaydigan kul miqdori hisoblanadi. 10% li xlorid kislotasida erimaydigan kul miqdori pastilalarning ikala turida ham 0,05% dan ortiq bo‘lmasligi talab etiladi. Marmeladlardan farq qilib pastilalarning sifatini baholashda mahsulotning zichligi ham aniqlanishi kerakligi standartda ko‘rsatib qo‘yilgan. Bu ko‘rsatkich yopishqoq pastilalarda 0,6-0,7 g/sm 3 dan, qaynatma pastilalarda esa 0,9 g/sm 3 dan katta bo‘lmasligi qayd etilgan. Ko‘pchilik qandolat tovarlarida og‘ir metallar tuzlari miqdori chegaralanadi. Pastila ham ana shunday mahsulotlar qatoriga kiradi. Pastilalar tarkibida www.sies.uz Page 115 of 306 116 qo‘rg‘oshin va qalay tuzlari bo‘lmasligi, mis tuzining miqdori esa 1 kg mahsulotda 10 mg dan ortiq bo‘lmasligi kerakligi ko‘rsatib qo‘yilgan. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling