Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Takrorlash uchun savollar: 1. Holvalarning sifatiga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday talablar qo‘yiladi? 2. Holvalarning sifatiga fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday talablar qo‘yiladi? 3. Holvalarning organoleptik ko‘rsatkichlarida qanday nuqsonlar uchraydi? www.sies.uz Page 125 of 306 126 4. Karamelga o‘xshash sharq shirinliklarining sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 5. Yumshoq konfetlarga o‘xshash sharq shirinliklarining sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 6. Unli sharq shirinliklarining sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 7. Sharq shirinliklarining organoleptik ko‘rsatkichlariga qanday talablar qo‘yiladi? 8. Sharq shirinliklarining organoleptik ko‘rsatkichlarida qanday nuqsonlar uchraydi? Shokoladning va kakao-talqonining sifat ekspertizasi Shokoladning sifat ekspertizasi. Shokoladning sifati ozuqaviy va biologik qiymatlari, organoleptik, fizik-kimyoviy hamda xavfsizlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Shokoladning organoleptik ko‘rsatkichlariga shakli, yuzasi, rangi, konsistensiyasi, ta’mi va hidi kiradi. Shokoladlarning shakli plitka, baton, medal va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. Ularning shakli to‘g‘ri, sinmagan, shu shokolad turiga mos bo‘lishi kerak. Shokoladlarning rangi och jigar rangdan to‘q jigar ranggacha bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda desert shokoladlari to‘q jigar rangda bo‘ladi. Shokoladlarning konsistensiyasi 16-18 0 S da qattiq, sindirib ko‘rilganda tuzilishi hamma joyda bir xil, ezilmay qolgan qo‘shimchalar bo‘lmasligi, ya’ni bir jinsli bo‘lishi kerak. Shokoladlarni og‘iz bo‘shlig‘ida sinab ko‘rganda shokolad qismlari og‘izda sezilmay erib ketishi kerak. Shokoladlarning yuzasi silliq, dog‘siz, pufakchalarsiz, kemtik-chuqurchalari bo‘lmasligi kerak. Shokoladlarning ta’mi va hidi tekshirilayotgan shokolad turiga mos, shirinligi va hidi yaqqol sezilib turadigan, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Agar shokoladlarga qo‘shimchalar qo‘shilgan bo‘lsa ana shu qo‘shimchalarning ta’mi va hidi ham sezilib turishi kerak. Shokoladlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari ham ularning sifatini baholashda juda muhim hisoblanadi. Quyidagi 6-jadvalda oddiy va desert shokoladlarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari keltirildi Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling