Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Kakao-talqonining sifat ekspertizasi


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Kakao-talqonining sifat ekspertizasi.
 
Kakao-talqoni ezilgan kakao 
dukkagidan qisman moyini olgandan keyin qolgan kunjarani maydalash natijasida 
olingan mahsulotdir. Kakao-tolqoni kakao ichimligi tayyorlash va qandolat 
mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 
Kakao-talqoni ishlab chiqarish uchun kakao dukkagi tozalanadi, saralanadi, 
qovuriladi va maydalanadi. Maydalangan kakaodan presslash yordamida kakao 
moyi ajratiladi. Olingan kakao moyi shokolad ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. 
Moy olgandan keyin qolgan kunjara esa sovutiladi, maydalanadi va mayda qilib 
tuyiladi. So‘ngra esa elaklarda elanib, vanilin va xushbo‘ylantiruvchi moddalar 
qo‘shiladi. 
Kakao-talqonining sifatiga talablar. Kakao-talqonining sifatini aniqlashda 
ularning rangiga, maydalanganlik darajasiga, ta’mi va hidiga e’tibor beriladi. 
Kakao talqonining rangi och jigar rangdan to‘q-jigar ranggacha bo‘ladi. Talqon 
qancha mayda bo‘lsa, bir jinsli bo‘lsa uning sifati shuncha yuqori hisoblanadi. 
Kakao-talqonini barmoqlar orasiga olib ezilganda mayin, zarralar sezilmaydigan 
bo‘lishi kerak. Kakao-talqonini 38 nomerli ipak elaklarda elaganda elakda qolgan 
kukunlar 1,5 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Kakao-talqoni mazali, mazasi o‘ziga 
xos, biroz taxir va xushbo‘y bo‘lishi kerak. Qo‘shimchalar qo‘shib tayyorlangan 
kakao-talqonida esa qo‘shimchalar ta’mi va hidi sezilib turishi kerak. 
Kakao-talqoni gigroskopik mahsulot hisoblanadi. Yangi ishlab chiqarilgan 
kakao-talqonida namlik 6 foizdan oshmaslik kerak. Vaqt o‘tishi bilan kakao-
talqonining namligi ortib boradi. Qadoqlangan kakao-talqonini bir oy saqlaganda 
uning namligi 7,5 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Kakao-talqoni uchun yana bir 
asosiy ko‘rsatkich yog‘ miqdori hisoblanadi. Kakao-talqonida yog‘ miqdori 
kunjaraning yog‘lilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Umuman kakao-talqonining 
yog‘lilik darajasi 18 va 14 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Kul moddasining 
miqdori ham asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Karbonat tuzlari bilan 
ishlangan kakao kukunida kul miqdori 6 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Mog‘or hidi, qo‘lansa, nordon, yog‘ ta’mi va boshqa begona hid va 
ta’mlarga, shuningdek xira kul rangiga ega bo‘lgan kakao-talqoni sotishga ruxsat 
etilmaydi. 
Kakao-talqonini qadoqlash, joylash va saqlash. Kakao-talqoni tunuka 
bankalarga, ichiga pergament, parafinlangan qog‘oz yoki shafof plyonkadan 
patron solingan qutichalarga, pachkalarga 50 gdan 250 g gacha qilib qadoqlanadi. 
So‘ngra qadoqlangan kakao talqoni faner, taxta yoki karton yashiklarga joylanadi. 
Idish toza, quruq va hidsiz bo‘lishi lozim. 
www.sies.uz
Page 128 of 306 


129
Kakao-talqoni harorati 18
0
dan, havoning nisbiy namligi 75 foizdan 
oshmaydigan omborxonalarda saqlanishi lozim. Tunuka bankalarga qadoqlanganda 
kakao-talqonining kafolatlangan saqlash muddati 12 oy, polimer materiallardan 
tayyorlangan qutilarga va pachkalarga qadoqlanganda 6 oy, qog‘oz paketlarga 
qadoqlanganda esa 3 oy qilib belgilangan. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling