O'zingizni tinglang va harakat qiling!


Chet davlatlarda tajriba almashinuvi


Download 42.2 Kb.
bet7/8
Sana08.03.2023
Hajmi42.2 Kb.
#1253393
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biznes g

Chet davlatlarda tajriba almashinuvi
Oʻsha yili USAID tashkiloti meni uzumni sovuq zanjirini oʻrganish uchun Hindistonga, Oʻzbekiston savdo sanoat palatasi esa butun eksport zanjirini toʻliq oʻrganish uchun Italiyaga yuborishgan. U yerda butun zanjirni toʻliq oʻrganib evolyutsiyani qay tarzda yoʻlga qoʻyilganini va Italiya darajasiga chiqish uchun biz nimalar qilishimiz zarurligini anglab yetganman. Shuningdek, u yerda agro sohasining barcha bosqichlarida shaxsan qatnashib xorijiy davlatlar tajribasini toʻliq egalladim.
Oʻzbekistonga qaytganimdan keyin oʻrgangan bilimlarimni oʻz tajribamda qoʻllashni va mahsulotlar sifatini yaxshiroq nazorat qilishni boshladim.
Mahsulotlarimiz bir qator chet davlatlar sifat koʻrigidan oʻta boshladi. Mahsulotlarimizni Rossiya va boshqa mamlakatlar xarid qilishni boshladi.
Lekin, buning evaziga bizning jamoa umuman uhlamasdan juda katta mehnat qilishi zarur edi. Biz mahsulotlar, qadoqlovchilar, yuk ortuvchilar, yuk mashina haydovchilari, muzlatgichlar sifatini barcha-barchasini toʻliq nazorat qilishimiz har bir jarayonni 24 soat tekshirishimiz zarur edi va buning uchun gohida kuniga 2 soat uxlashimizga toʻgʻri kelardi. Eng achinarlisi esa, biz bitta viloyatda ishimizni tugatib, mavsum tugasa boshqa mahsulot uchun boshqa viloyatga borishimiz va barchasini qaytadan qurishimiz zarur edi. Yaʼni yana qaytadan jamoa tuzib, yangi qadoqlovchilarni yigʻishimiz ularga barchasini oʻrgatishimiz va shu tariqa barcha bosqichlardagi ishchilarni qaytadan oʻqitishimiz zarur edi. Bu xuddi endi uy qurayotganingizda hammasini buzib qaytadan qurishga oʻxshardi.
Dalatek” loyihasi gʻoyasining tugʻilishi
Shunda men Oʻzbekistonda yangi bir tizim yaratishimiz zarurligini va shu sistemasiz rivojlanish juda murakkab boʻlishini angladim. Eksportyor sifatida men fermer topish uchun uzoq viloyatga borishim va ushbu viloyat tumanlariga alohida tashrif buyurishim uchun yana qoʻshimcha bir necha kun vaqtim ketishini talab qilardi.
Biz “Dalatek” loyihasi ustida yarim yildan ortiq ish yuritdik va bu platforma 2021-yil ikkinchi yarmida tayyor boʻldi. 
Download 42.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling