O'zingizni tinglang va harakat qiling!


“Dalatek” kompaniyasining asosiy maqsadi “Resurslardan ratsional holda foydalanish” hisoblanadi


Download 42.2 Kb.
bet8/8
Sana08.03.2023
Hajmi42.2 Kb.
#1253393
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biznes g

“Dalatek” kompaniyasining asosiy maqsadi “Resurslardan ratsional holda foydalanish” hisoblanadi.
Birinchi qadamimiz bu statistika. Tizimni yoʻlga qoʻyish uchun birinchi navbatda nechta fermer va dehqonlar statistikasini tuzishdan iborat edi.
Butun jarayonni raqamlashtirish va uni yagona sistemaga birlashtirish zarur boʻlgan. Ushbu paltformada fermer hozirgi kunda nima yetishtirayotganini, mahsulotning hajmi va narxini kiritib boradi. Shuningdek hozirgi kundagi eksportchilar roʻyxatini va ular qanday mahsulotni qidirayotganini koʻra oladi. Bu doimiy yangilanib turadigan maʼlumotlar bazasini yaratadi.
Tasavvur qilingki Oʻzbekistondagi barcha fermerlar va eksportchilar bir birlarini topa olsa va bir birida boʻlgan muammolarni yecha olishsa, fermerlar oʻz mahsulotlarini sota olishadi, eksportchilar esa oʻzlari uchun mahsulot yetkazib beruvchilarni topishadi. Shuningdek, bundan tashqari ushbu ishtirokchilarda turli xil boshqa muammolar boʻlishi imkoni yaratiladi. Ular oʻsimliklar, suv, logistika, yerning shoʻrligi bilan bogʻliq muammolardir. Bugungi kunda Oʻzbekistonning oʻzida ushbu barcha muammolarni yechadigan kompaniyalar bor boʻlib, ammo ular bir-birini topadigan platforma yoʻq edi. Ularni hammasini bir joyga jamlash va muammolarga yechim topish uchun ushbu platforma yaratilgan. Bu eksport uchun juda katta yordam beradi. Bundan tashqari bizning rivojlanish boʻyicha rejalarimiz juda katta, lekin birinchi qadamimiz aynan shu.
Hozirgi kunda bir ushbu platforma bilan barcha viloyatdagi fermerlarni tanishtirish va ularning turli savollariga javob berish uchun yoshlarni agent sifati ishga qabul qilmoqdamiz. Ularga treninglar orqali mazkur vazifani bajarishga tayyorlamoqdamiz. Joriy yil oxirigacha biz 280 nafar agentlarni yigʻmoqchimiz. Hattoki zoom ilovasi orqali bepul ingliz tili kurslarida oʻz agentlarimizni oʻqityapmiz va tillarni yaxshi oʻzlashtirgan agentlarimizni chet davlatlariga ish jarayonini oʻrganish uchun yuborishni maqsad qilganmiz. Tasavvur qiling 280 nafar yoshlarimiz men Italiyaga borib ish oʻrganib kelganim kabi, chet davlatlariga borib malaka orttirib kelishsa va uni butun mamlakat boʻylab tatbiq qilishsa qanday katta natijalarga erishimiz mumkin.
“Dalatek” loyihasi hozirgi kunda shular bilan band. Men sizlarga bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borishni va yangiliklarimiz bilan tanishishingizni soʻrab qolardim.
Download 42.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling