O'zingizni tinglang va harakat qiling!


Download 42.2 Kb.
bet6/8
Sana08.03.2023
Hajmi42.2 Kb.
#1253393
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biznes g

22. Kitob do‘koni
Odamlar doimo bilim izlaydilar. Kitob do‘koni - bu kanselyariya buyumlari, maktab kitoblari va boshqa umumiy kitoblarni sotishingiz mumkin bo‘lgan juda foydali biznes g‘oya. Uni onlayn va offlayn shaklida yuritish mumkin. Odatiy kitob do‘konlaridan tashqari, siz o‘zingizning joyingizga mini-kutubxona qo‘shsangiz bo‘ladi. Odamlar chalg‘imasdan o‘qishi va ishlashi mumkin bo‘lgan kichik shaxsiy maydon. Sizning kitob do‘koningiz g‘oyangiz qanchalik innovatsion bo‘lsa, shunchalik ko‘p mijozlaringiz bo‘ladi.
Ozgina qunt, kelajakka ishonch va sabr bo‘lsa, har qanday ishni uddalash mumkin! Siz uddalaysiz, eng zo‘r biznes ayol bo‘lasiz!
Ushbu maqolada “Dalatek” platformasi qanday yaratilgani va qay tarzda ishlashi haqida uning asoschilaridan toʻliq bilib olishingiz mumkin.
Dildora Atadjanova. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanuvchi “Teadora Goods” kompaniyasi asoschisi va rahbari. Shuningdek, “Dalatek” kompaniyasi 3 ta asoschilaridan biri va rahbaridir. Bir necha yildan buyon qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish sohasida faoliyat yuritib keladi.
Ismim Dildora. Men “Dalatek” kompaniyasi asoschisi va hozirgi kundagi rahbari hisoblanaman. Men sizlarga “Dalatek” loyihasi yaratilishi va ushbu gʻoya qanday yaratilgani haqida batafsil aytib beraman.
“Dalatek“ — bu multi tomonli agro platforma. U fermerlar, eksportchilar va agro sohadagi boʻlgan barcha ishtirokchilar uchun yaratilgandir. Xoʻsh ”Dalatek” hikoyasi qanday va u qanday yaratilgan?
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishdagi qiyinchiliklar
Agrobiznesda meni asosan eksportchi sifatida tanishadi va men ushbu yoʻnalishda 4 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqdaman. 4 yil oldin mahsulotlarni eksport qilishni boshlaganman va birinchi buyurtmamni muvaffaqiyatli joʻnatganman. Ammo barcha qiyinchiliklar ikkinchi buyurtmadan boshlangan. Birinchi buyurtmam quruq mevalar boʻlgan va u qiyinchilik tugʻdirmagan, ammo ikkinchi buyurtma hoʻl mevalar boʻlgan va ularni yigʻib oluvchi nuqtalarga borganimda menga bir nechta qadoqlardan iborat toʻplamni koʻrsatishgan. Men yuqori qavatda turgan qadoqlarni tekshirib ularni sifatli deb hisoblab, eksportga chiqarishga ruxsat berganman. Ish jarayoni qanday boʻlishi kerakligini bilmaganligim tufayli hammasi shunaqa boʻlishi kerak deb oʻylaganman. Katta miqdordagi mahsulotlar hali buyurtmachiga yetib borib ulgurmasdan ular ikkinchi fura uchun buyurtma berishgan. Men tajribasizligim tufayli yana shu tarzda har bir mahsulot qadogʻini yaxshilab tekshirmasdan yuborganman.
Afsuski mahsulotlarimiz yetib borganda, ularning sifati juda pas holda boʻlgan va buyurtmachi mahsulotni qabul qilmagan. Bu menga juda katta qiyinchiliklar tugʻdirgan. Men katta summadagi mablagʻga “tushgan”ligimni tushunganman. Oʻzi oddiy oiladan boʻlganligim tufayli u zararni qoplaydigan katta mablagʻ menda boʻlmagan. Mahsulot uchun chet davlatda ombor topishimiz uni mahalliy bozordagi sotuvchilarga topshirgunimizcha katta qiyinchiliklarga uchraganmiz. Bu albatta menga katta tajriba boʻlgan. Shu tariqa bu sohada sekin-asta tajriba orttirishni boshlaganman.

Download 42.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling