O'zingizni tinglang va harakat qiling!
Ayollar va biznes – betakror juftlik!
Download 42.2 Kb.
|
Biznes g
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Virtual yordamchi
- 2. Blog yuritish
- 3. Muharrirlik
Ayollar va biznes – betakror juftlik!
Ayollar o‘zlarining kuchli masʼuliyat tuyg‘usi, aql-zakovati, qatʼiyatliligi va hamdardligi bilan biznesda o‘zining o‘rnini osongina topa oladi. Turli korxona va tashkilotlarda rahbar lavozimida ayollarni ko‘rish odatiy holga aylandi. Biznesda ayollar muvaffaqqiyat qozonishining bir qancha sabablari bor: · Ayollar o‘z ishlariga maʼsuliyat bilan yondashishadi, · Ish va shaxsiy hayotni birdek olib borishga intilishadi, · Ayollar kichik kapitaldan ham unumli foydalanishni uddalashadi. Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda tadbirkor ayollar ulushini hozirgi 25 foizdan 40 foizga yetkazish bo‘yicha 2022—2024 yillar uchun «Biznes ayollar» dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda. Dastur ijrosiga jami 8 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi haqida prezident matbuot xizmati xabar qilgandi. Aziz ayollar, o‘z biznesingizni boshlash uchun ayni vaqti ekanligiga ishoning va tezroq ishga kirishing! Nimadan ishni boshlashni bilmay turgan bo‘lsangiz, sizga 2022 yilda talabgir bo‘ladigan 22 ta biznes yo‘nalishi haqida maʼlumot beramiz! Ularning orasidan o‘zingizga maʼqulini uchratishingiz hech gap emas! 1. Virtual yordamchi Bu o‘ta band insonning virtual shaxsiy yordamchisi bo‘lishdir. Sizdan moslashuvchanlikni talab etadi. O‘zingizga qulay vaqtda masofadan turib ishlashingiz mumkin. Siz ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni rejalashtirish, qayta ishlashni boshqarish, qo‘ng‘iroqlarga javob berish, bank operatsiyalarini bajarish va hokazolar uchun javobgarsiz. 2. Blog yuritish Bu juda yaxshi biznes g‘oya, ayniqsa siz yozish qobiliyatiga ega bo‘lsangiz. Blogger sifatida istalgan joydan, istalgan vaqtda ishlashingiz mumkin. Sizga kerak bo‘lgan narsa - omma eʼtiborini tortadigan qiziqarli maqolalar yozish. Kuzatuvchilaringiz qancha ko‘p bo‘lsa, daromadingiz shunchalik yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, trafikni oshirish uchun blogingizda reklama qilishingiz mumkin. Siz oladigan pul miqdori blogingiz qanchalik qiziqarli bo‘lishiga bog‘liq. 3. Muharrirlik Agar imlo, yozish qoidalari va grammatikani yaxshi bilsangiz, bu siz amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan ajoyib biznes g‘oyadir. Muharrir sifatida siz maqolalarni o‘qishingiz, ulardagi xatolarni aniqlashingiz, tahrirlashingiz va tuzatishingiz mumkin. Agar bu ishni eplay olsangiz, sizga katta miqdorda pul olib keladigan ko‘plab ish takliflarini olasiz. Download 42.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling