Oziq-ovqat kimyosi


Fermentativ reaksiya tezligiga substrat konsentratsiyasini ta’siri


Download 44.83 Kb.
bet7/10
Sana17.06.2023
Hajmi44.83 Kb.
#1520780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kraxmalli fermentativ gidrolizlash

Fermentativ reaksiya tezligiga substrat konsentratsiyasini ta’siri. Substrat






















konsentratsiyasi

oshishi

bilan

reaksiya

tezligi

osha

boradi.

Ma’lum

konsentratsiyaga еtganda reaksiya tezligi o‘zgarmay qoladi. Ba’zi bir fermentlar
uchun yuqori konsentratsiyada fermentlarni faolligi kamayadi.
Fermentativ reaksiya tezligiga ferment konsentratsiyasini ta’siri. Ferment
konsentratsiyasi oshgan sari reaksiya tezligi oshadi.
Fermentlarni faolligiga haroratni ta’siri. Fermentlarni maksimal faolligi 37-
50oC atrofida bo‘ladi, lekin ba’zi bir fermentlar yuqori haroratda ham faolligini
namoyon etadi. Bu fermentlarni yuqori haroratga barqarorligiga bog‘liq. Yuqori
haroratda 2 ta jarayon yuz beradi. Birinchi jarayonda harorat oshishi bilan reaksiya
tezligi oshadi. 2 jarayonda harorat oshishi bilan ferment denaturatsiyaga uchrashi
tufayli faollik kamayadi.
Ferment faoligiga pH ko‘rsatkichining ta’siri. Har bir ferment ma’lum pH
oralig’ida o‘z faolligini namoyon qiladi. Muhit pH ko‘rsatkichi fermentlarni aktiv
markazidagi funksional gruppalarni ionlanish holatiga ta’sir etadi.
Aktivator va ingibitorlarni ta’siri. Aktivator deb fermentlarni faolligini
oshiruvchi moddalarga aytiladi. Ba’zi bir fermentlar metal ionlari ta’sirida
faolligini oshiradi.
Fermentlarni faolligini kamaytiruvchi moddalarga ingibitorlar deyiladi.
Ingibitorlarni mexanizmi turlicha:
1. Ingibitor ferment bilan kompleks hosil qiladi.
2. Ingibitor substrat bilan kompleks hosil qiladi.
3. Ingibitor koferment bilan kompleks hosil qiladi.
Ko‘pgina holatlarda ingibitorlar ferment bilan kompleks hosil qiladi.
Ta’sir etish mexanizmiga ko‘ra ingibitorlar raqobatli va raqobatsiz
ingibitorlarga bo‘linadi.
Raqobatli ingibitorlar fermentlarni aktiv markazi bilan kompleks hosil qiladi.
Raqobatsiz ingibitorlar fermentlarni aktiv markazdan tashqari boshqa qismi bilan
kompleks hosil qiladi.

Download 44.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling