Oziq-ovqat kimyosi
Hozirgi paytda qabul qilingan tasniflashga asosan fermentlar katalizlovchi reaksiyalarga ko’ra 6 sinfga bo’linadilar
Download 44.83 Kb.
|
Kraxmalli fermentativ gidrolizlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermentlarning faollik birligi
Hozirgi paytda qabul qilingan tasniflashga asosan fermentlar
katalizlovchi reaksiyalarga ko’ra 6 sinfga bo’linadilar: 1.Oksidoreduktazalar. 2.Transferazalar. 3.Gidrolazalar( bir guruh atmolar ajralib chiqib qo’shbog’ hosil qiilsh). 4.Liazalar(qo’shbog’ bo’yicha birikish). 5.Izomerazalar. 6.Ligazalar (sintetaza). Fermentlar oqsil tabiatli biologik katalizator bo‘lib tabiatda keng tarqalgan. Ular kimyoviy reaksiyalarni 108 - 1020 marta tezroq katalizlaydi. Fermentlar bir biridan spetsifikligi tufayli farqlanadi. Mutloq (absolyut) spetsifiklik – ferment faqat bitta substratni katalizlaydi (Masalan, arginaza fermenti - argininni metilargininga aylantiradi). Gruppali spetsifiklik – ferment ma’lum strukturali o‘xshash substratlarga ta’sir etadi. Nisbiy spetsifiklik - ma’lum turdagi reaksiyalarga spetsifik bo‘lgan fermentlar. Bunday fermentlar uchun katalizlanayotgan bog‘ atrofidagi gruppalarni farqi yo‘q. Masalan, lipaza va esteraza, peptidazalar. Stereospetsifikli fermentlar, bunday fermentlar faqat bitta stereokimyoviy shakldagi substratga ta’sir etadi. Fermentlarni yana bir xusuiyatlari ularni beqarorligi. Ya’ni ularni faolligi muhit pH ko‘rsatkichiga, haroratga, aktivator va ingibitorlarga bog‘liq. Ko‘pchilik fermentlar ikki komponentli hisoblanadi. Apoferment va kofermentdan iborat. Kofermentlarni kimyoviy tabiati har xil va fermentativ reaksiyalarda ularni funksiyasi har xil. Koferment sifatida vitaminlar va ularning hosilalari kiradi. Fermentlarning faollik birligi. Har bir ferment o‘z faolligiga ega. Xalqaro biokimyoviy ittifoq taklifiga ko‘ra quyidagi birliklar qabul qilingan: - standart ferment birligi — 1 mikromol substratni 1 minutda katalizlaydigan ferment miqdoriga aytiladi. Standart birlik E harfi bilan belgilanadi. - nisbiy faollik — 1 mg fermentga to‘g‘ri keladigan substrat E birlik miqdori tushuniladi. Oqsilni miqdori Louri va Keldal usuli bilan aniqlanishi mumkin. - Molekulyar faollik —1 molekula ferment mu’tadil sharoitda katalizlaydigan substratni molekulyar miqdoriga aytiladi. Bu tushunchada 1 minutda 1 mol ferment necha mol substratni katalizlashi tushuniladi.
Download 44.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling