267
MUALLIFLAR TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
Karimov Madjit
. 1944 yilda
Samarqand shahrida tavallud
topgan. 1971 yilda ”Umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni tashkil
etish” mutaxassislligi bo‘yicha Samarqand
kooperativ institutini
bitirgan. Texnika fanlari nomzodi, dotsent. Karimov M. 150
dan ziyod
ilmiy ishlarni chop etgan, Shulardan Oliy maktab talabalari uchun 2 ta
darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma hamda 10
dan oshiq ilmiy-ommabop
kitoblar va risolalar muallifi.
Muhamadiyev Nurali Qurbonaliyevich
. Samarqand Davlat
Unversiteti fizikaviy va kolloid kimyosi kafedrasi mudiri, 1955
yilda
Samarqand viloyatining Urgut tumanida tavallud topgan. Kimyo fanlar
doktori,
professor, Nyu-York Fanlar akademiyasining faol a’zosi,
Rossiya xromatografistlar assotsiatsiyasining a’zosi. Muhamadiyev N.Q.
350 dan ziyod ilmiy ishlar, 3 ta darslik va 6 ta o‘quv qo‘llanmalar
muallifi.
Uning ilmiy rahbarligida 3 nafar falsafa doktorligi va 5
nafar
nomzodlik dissertatsiyasi yoqlagan.
Karimova Shexroza Madjitovna
. 1981
yilda Samarqand
shahrida tavallud topgan. 2004 yilda «Umumiy ovqatlanishni tashkil
etish va uning texnologiyasi» mutaxassisligi bo‘yicha
magistraturani
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida bitirgan. 40 dan ortiq ilmiy
ishlar muallifi.
Do'stlaringiz bilan baham: