Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hurmatli ustoz professor Toji Alimoviсh Xudoyshukurovning xotirasiga bag’ishlanadi. KIRISH
ISBN-978-9943-6178-2-7 3 Hurmatli ustoz professor Toji Alimoviсh Xudoyshukurovning xotirasiga bag’ishlanadi. KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF 947-sonli Farmoniga binoan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi” ning to‘rtinchi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida” uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, shuningdek, ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma- bosqich ko‘paytirish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu esa mamlakatimizda zamon talablariga javob bera oladigan chuqur bilimga ega oliy malakali kadrlar tayyorlashga ham katta e’tibor berilayotganligidan dalolat beradi. Shunga mos ravishda 5610100-Xizmatlar sohasi (restoran ishi va tovar ekspertizasi xizmatlarini tashkil etish) yo‘nalishi bo‘yicha oliy malakali bakalavrlarni tayyorlash vazifasi Respublikamizda yagona oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga yuklatilgan. Ana shu bakalavriat yo‘nalishining tasdiqlangan o‘quv rejasida “Oziq-ovqat kimyosi” fanini o‘qitish ko‘zda tutilgan. Mazkur fanni o‘qish va o‘zlashtirish asosida talabalar xomashyo, yarim va tayyor mahsulotlarni kimyoviy tarkibini, xomashyoni va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda va qayta ishlashda yuz beradigan kimyoviy jarayonlarni, yangi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ovqatlanish tizimlari bo‘yicha tayanch bilimlarga ega bo‘ladilar. Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2016 yil 22 yanvarda tasdiqlangan fan dasturi asosida 5610100 – “Xizmatlar sohasi (restoran ishi va tovar ekspertizasi xizmatlarini tashkil etish)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladigan talabalarga mo‘ljallangan. Undan shu yo‘nalishda tahsil olayotgan kasb- hunar kollejlari talabalari va umumiy ovqatlanish korxonalari, oziq- 4 ovqat tovarlarini ishlab chiqarish, sotish faoliyati tizimida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ham foydalanishlari mumkin. Tabiiyki, darslik ilk bor nashr etilayotganligi uchun ba’zi kamchiliklardan holi bo‘lmasligi mumkin. Mualliflar darslik bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirgan o‘quvchilarga minnatdorchilik izhor etadilar. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling