Oziq-ovqat kimyosi


 Baliq va baliq mahsulotlari, yog‘lar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

 
1.1.2. Baliq va baliq mahsulotlari, yog‘lar 
 
Respublikada baliqchilik tarmog‘i endigina rivojlanib bormoqda. 
Sobiq SSSR davrida asosan O‘zbekistondan uzoq masofalardagi dengiz 
va okean hamda respublika hududida joylashgan Orol dengizi baliqlari 
keltirilar va iste’mol qilinar edi. Shu boisdan ham respublikada baliqni 
urchitish va qayta ishlash korxonalarining salmog‘i katta emas. 
O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishishi va jahon bozoriga 
chiqishi respublikada tez orada baliqchilikni rivojlantirishni va ulardan 
baliq mahsulotlarini ishlab chiqarishni taqozo qiladi. Uning uchun 
Respublikada barcha sharoitlar mavjud. O‘zbekiston hududida dunyoda 
to‘rtinchi o‘rinda turadigan Orol dengizi joylashgan. Bundan tashqari 
Quvasoy va Arnasoy tabiiy ko‘llari mavjud. Respublikada ko‘plab 
sun’iy ko‘llar yaratilgan. Ulardan eng kattalari Chorvoq, Kattaqo‘rg‘on, 
Janubiy Surxon, Chimqo‘rg‘on, Quyimozor, Uchqizil, Kosonsoy, Jizzax, 
Tuyabug‘iz, Andijon, Hisorak, Tuyamuyin suv omborlaridir. Ushbu 
ko‘llarning barchasida baliq urchitish yo‘lga qo‘yilgan va aholiga 
etkazib berilmoqda. 
O‘zbekiston daryolarida ham baliq urchitish uchun to‘liq sharoit 
mavjud. Respublika hududidan oqib o‘tadigan va uzunligi 150 
kilometrdan oshadigan daryolar soni 50 dan oshadi. Ulardan eng 
yiriklari – Amudaryo, Sirdaryo, Norin, Qoradaryo, So‘x, Chirchiq, 
Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo, Ohangaron, 
Sangzor, Oqbura, Isfara, Piskop, Ugol, Shohimardon, To‘palangdaryo, 
Kofirnigan, Oqsuv, Shirinsoy, G‘ovasoy va Kosonsoy. 
Orol dengizida, tabiiy va sun’iy ko‘llar va daryolarda lesh, usach, 
ship, laqqa, sudak, shuka va sazan baliqlari yetishtiriladi. Bulardan 
tashqari, O‘zbekiston daryolari va ko‘llarida forel va osetra baliqlarini 
ham urchitish mumkin. 
Baliqni qayta ishlash korxonalari asosan Orol dengizi kurfazida 
joylashgan. Lekin, kelajakda bunday korxonalar respublikaning boshqa 
regionlarida ham paydo bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida bu soha bo‘yicha 
mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi iqlim sharoiti yiliga 2-3 marta hosil 
olishga imkon beradi. Respublikada yetishtiriladigan don mahsulotlari 
(bug‘doy, sholi, makkajo‘xori va hokazolar) aholi ehtiyojini to‘liq 


12 
qondira oladi. Ulardan tashqari, mosh, loviya, no‘xat kabi dukkakli 
o‘simliklar ham yetishtiriladi. 
Oxirgi yillarda moyli o‘simliklarni (kunjut, zig‘ir) ekish va 
respublikada ulardan yog‘ olish qayta tiklanmoqda. Bundan tashqari
o‘simlik moylarini ishlab chiqarishni keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yish 
maqsadida moyli o‘simliklarning yangi turlarini (kungaboqar, mashar, 
soya) ekishga ham katta ahamiyat berilmoqda. 
Respublika aholisining oziq-ovqat yog‘lariga bo‘lgan talabi 
yetishtirilayotgan moyli o‘simliklar va hayvonot yog‘lari hisobidan 
to‘liq qondiriladi. O‘simlik moylaridan paxta moyi, hayvonot 
yog‘laridan esa qo‘y yog‘i ko‘p iste’mol qilinadi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling